add

Rossiya deputati o‘zbeklarning Sibirga tarixiy haqqini tan oldi

30.05.2025 | 11:302892

Xanti-Mansiy avtonom okrugi parlamenti yig‘ilishida deputat Xolid Tagizadening bayonoti Rossiyada keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu hududlarga kelayotgan o‘zbeklar aslida tarixiy ajdodlarining yurtiga qaytmoqda.

Rossiya deputati o‘zbeklarning Sibirga tarixiy haqqini tan oldi
Tagizade ta’kidlashicha, Xanti-Mansiy okrugi joylashgan hududlar bir paytlar Sibir xonligiga qarashli bo‘lgan. Mazkur xonlikning oxirgi hukmdori Shayboniylar sulolasidan bo‘lgan Kuchumxon edi. Shuning uchun ham, deputat fikriga ko‘ra, bu yerlarga kelayotgan o‘zbeklar mehnat migranti emas, balki o‘z tarixiy merosiga qaytayotgan xalq sifatida baholanishi lozim. Parlament raisi bu mavzuni yopishga urinib, davomli muhokamalarni cheklashga harakat qilgan. Ammo deputatning tarixiy asoslarga tayangan bayonoti Rossiya siyosiy doiralarida o‘zbeklarning Sibir bilan bog‘liqligi tan olinayotganidan dalolat beradi. Mutaxassislar bu bayonotning huquqiy va ijtimoiy oqibatlari bo‘lishi mumkinligini ham qayd etmoqda. Ayrim tahlilchilar bu fikrlarni mehnat migratsiyasi muhokamalarida yangi bosqich sifatida baholamoqda.

Teglar

Mavzuga oid