add

Rossiya MDH davlatlari ichida urush qatnashchilariga eng kam to‘lov to‘laydi

08.05.2025 | 14:5518752

Ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaning 80 yilligi munosabati bilan Rossiyada urush qatnashchilariga to‘lanadigan pul miqdori MDH davlatlari orasida eng pasti ekani ma’lum bo‘ldi.

Rossiya MDH davlatlari ichida urush qatnashchilariga eng kam to‘lov to‘laydi
The Moscow Times tahlillariga ko‘ra, Rossiya Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga 80 ming rubl (972 AQSH dollari) miqdorida bir martalik to‘lov amalga oshiradi. Bu O‘zbekiston va Qozog‘istondagi to‘lovlardan qariyb 10 baravar kam. 9 may munosabati bilan O‘zbekistonda frontda jang qilgan har bir ishtirokchiga 10 ming dollar ajratilgan. Mamlakatda 112 nafar Vatan urushi qatnashchisi yashamoqda. Qozog‘istondagi to‘lov 5 mln tenge (qariyb 10 ming dollar)ni tashkil etadi — qo‘shnilarimizda 120 nafar urush qatnashchisi qolgan. Belarusdagi 875 nafar frontovikka 1641 dollarga teng miqdorda pul to‘lanadi, Moldova esa 25 nafar ishtirokchiga 1700 dollar to‘laydi. Qirg‘izistonda to‘lov 11 ming 380 dollar, Tojikistonda — 2400 dollar, Ozarboyjonda — taxminan 1460 dollar miqdorida belgilangan. Rossiyada ayrim hududlar bu to‘lovlarga qo‘shimcha ravishda 10 mingdan 2 mln rublgacha bo‘lgan mahalliy yordamlarni e’lon qilgan.

Teglar

Mavzuga oid

Rossiya MDH davlatlari ichida urush qatnashchilariga eng kam to‘lov to‘laydi | Vaqt.uz