Rossiya migrantlarning farzandlari uchun yangi talab joriy etmoqda
18 yoshga to‘lganlar 30 kun ichida mamlakatni tark etishi yoki patent rasmiylashtirishi shart qilib belgilanmoqda.

Rossiya Davlat dumasi mehnat migrantlari farzandlarining mamlakatda bo‘lish tartibini o‘zgartirishga qaratilgan qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar berdi.
Hujjatga ko‘ra, migrantlarning farzandlari 18 yoshga to‘lganidan so‘ng 30 kun ichida Rossiyadan chiqib ketishi yoki qonuniy ravishda ishlash uchun patent rasmiylashtirishi lozim bo‘ladi. Aks holda, ularning mamlakatda qolishi noqonuniy hisoblanadi.
Shuningdek, patent asosida ishlayotgan va qaramog‘ida voyaga yetmagan farzandlari bo‘lgan chet yel fuqarolari uchun mamlakatda qolish muddatini uzaytirish mexanizmiga aniqlik kiritish taklif yetilmoqda.
Bundan tashqari, chet yel fuqarosining har bir farzandi uchun jismoniy shaxslar daromad solig‘i bo‘yicha belgilangan oldindan to‘lov (avans) amalga oshirilishi nazarda tutilmoqda.
«Bunda 18 yoshga to‘lgan shaxslar, agar mamlakatda qolish uchun boshqa qonuniy asoslar bo‘lmasa, 30 kun ichida Rossiyadan chiqib ketishi yoki belgilangan tartibda patent olish uchun ariza topshirib, avans to‘lovini amalga oshirishi lozimligi ko‘zda tutilgan», — deb yozadi nashr.





