
Rossiya O‘zbekistondagi yangi elchisini tayinladi
05.09.2025 | 15:409742
2021 yildan beri elchi bo‘lib ishlab kelgan Oleg Malginov o‘z vazifasini yakunladi.

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin farmoni bilan Aleksey Yerxov O‘zbekistondagi yangi elchi sifatida faoliyat boshlaydi.
Aleksey Yerxov bu lavozimga tayinlanishidan oldin Rossiyaning Turkiyadagi elchixonasiga rahbarlik qilgan. Uning diplomatik tajribasi xalqaro munosabatlardagi yirik yo‘nalishlarni qamrab oladi.
Eslatib o‘tamiz, Oleg Malginov 2021 yilda O‘zbekistonga elchi etib tayinlangan edi. Unga qadar Rossiya Tashqi ishlar vazirligining Xorijdagi vatandoshlar bilan aloqalar bo‘limi boshlig‘i sifatida ishlagan.
Malginovning faoliyati davrida ikki davlat o‘rtasida iqtisodiy va siyosiy hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarilgani ta’kidlanmoqda. Yangi elchi tayinlanishi Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi strategik munosabatlarning izchil davom etishiga xizmat qilishi kutilmoqda.





