Logo

Rossiya urushga safarbar qilganlarning uchdan ikki qismi halok bo‘ldi — tahlil

Bugun 09:001 daqiqa

Hisob-kitoblarga ko‘ra, Rossiya armiyasi har yili faol tarkibining deyarli yarmini yo‘qotmoqda.

Rossiya urushga safarbar qilganlarning uchdan ikki qismi halok bo‘ldi — tahlil © myseldon

Germaniyadagi Xalqaro xavfsizlik muammolari instituti eksperti Yanis Klyuge Rossiya federal budjeti ma’lumotlari asosida o‘tkazgan tahlilga ko‘ra, 2022 yilda Ukrainadagi urush uchun safarbar etilgan 300 ming harbiyning taxminan uchdan bir qismigina frontda qolgan.

Qayd etilishicha, oyiga 158 ming rubllik maxsus to‘lov oluvchilar soni 2022–2023 yillar kesimidagi 293 ming nafardan 2025 yil o‘rtalariga kelib 168,5 ming nafarga tushgan. Hozirda esa bu ko‘rsatkich 100 ming nafardan biroz ko‘proq ekani taxmin qilinmoqda.

Kontrakt imzolaganlar ko‘paygan


Tahlilga ko‘ra, safarbar etilganlar sonining kamayishi kontrakt asosida xizmatga jalb qilinayotganlar hisobiga qisman qoplanmoqda. Budjetdan ajratilayotgan qo‘shimcha to‘lovlar asosida kontraktchilar soni 2023 yildagi 230,4 ming nafardan 2025 yilga kelib 554,8 ming nafarga yetgani qayd etilgan.

Natijada Rossiyaning Ukrainadagi umumiy harbiy guruhi 523,5 ming nafardan 723,4 ming nafargacha oshgan.

Biroq ekspertning ta’kidlashicha, qo‘shinlar soni o‘sishi yangi askarlarni yollash sur’atlaridan ancha past, chunki armiya har yili faol tarkibining deyarli yarmini yo‘qotadi.

Yo‘qotishlar soni yuqori

Yanis Klyuge hisob-kitoblariga ko‘ra, kontrakt tuzganlar orasidagi «doimiy yo‘qotishlar» 2023 yilda 182,3 ming nafarni tashkil etgan bo‘lsa, 2025 yilga kelib bu ko‘rsatkich 251 ming nafarga yetgan.

Shu bilan birga, Rossiya har yili taxminan 370–385 ming yangi kontrakt asosidagi harbiylarni jalb qilayotgani aytilgan.

Teglar