add

Rossiyada ayrim migrantlar uchun rus tili imtihoni bekor qilinishi mumkin

01.06.2025 | 10:0034193

Rossiya hukumati xorijlik mutaxassislarni jalb qilishni yengillashtirish maqsadida ayrim migrantlar uchun rus tili, tarix va qonunlar bo‘yicha imtihonlarni bekor qilishni taklif etdi. Bu orqali ishga qabul jarayoni soddalashtirilishi kutilmoqda.

Rossiyada ayrim migrantlar uchun rus tili imtihoni bekor qilinishi mumkin
Rossiya hukumati migrantlar uchun rus tili va Rossiya tarixi bo‘yicha imtihonlarni qisman bekor qilish to‘g‘risidagi qonun loyihasini Davlat Dumaga taqdim etdi. Hujjat 31 may kuni rasmiy ravishda e’lon qilindi. Loyihaga ko‘ra, hukumat kvotasi asosida ishlash uchun kelayotgan xorijlik mutaxassislar rus tili, Rossiya tarixi va qonunlari bo‘yicha imtihon topshirishdan ozod qilinadi. Bu chora hujjat rasmiylashtirish jarayonini tezlashtirish va sarf-xarajatlarni kamaytirishga qaratilgan. Shu bilan birga, bu mamlakat iqtisodiyotida yetishmayotgan mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyojni qondirish imkonini beradi. Shuningdek, Rossiya Mehnat vazirligi tomonidan tasdiqlangan kasblar ro‘yxatidagi mutaxassislar uchun rus tili bo‘yicha bilimni tasdiqlovchi hujjatning amal qilish muddatini uzaytirish ham ko‘zda tutilmoqda. Bu migrantlarning tilga moslashish jarayonini yanada samarali tashkil etish imkoniyatini yaratadi. Bundan tashqari, Rosobrnadzor migrant bolalar uchun rus tilidan test topshirish bo‘yicha minimal ball talabini belgiladi. 2025 yil 1 apreldan boshlab maktabga qabul qilinadigan bolalar kamida uch ball to‘plashi talab etiladi. Bu test sinovlari 1-sinfdan 11-sinfgacha bo‘lgan o‘quvchilar uchun amal qiladi.

Teglar

Mavzuga oid