add

Rossiyadagi migratsiya cheklovlariga qaramasdan, pul o‘tkazmalari o‘smoqda

Rossiyada migratsiya siyosatining qattiqlashuviga qaramay, Markaziy Osiyo davlatlariga yuborilayotgan pul o‘tkazmalari barqaror saqlanmoqda. Jahon banki ma’lumotlariga ko‘ra, ayrim davlatlar mablag‘ olishda o‘sishga erishmoqda.

Rossiyadagi migratsiya cheklovlariga qaramasdan, pul o‘tkazmalari o‘smoqda
Rossiyada qabul qilinayotgan qat’iy migratsiya qonunlari Markaziy Osiyodan kelgan ishchi migrantlarga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani qayd etilsa-da, ular yuborgan pul o‘tkazmalari hozircha keskin kamaymagan. «Nezavisimaya gazeta» ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiyada ishlayotgan migrantlar soni ozaymoqda. Ammo bu holat Qirg‘iziston, O‘zbekiston va Tojikiston iqtisodiga hozircha jiddiy ta’sir ko‘rsatmagan. Jahon banki ma’lumotiga ko‘ra, faqat Tojikistonning o‘zi 2024 yilda 5,8 mlrd dollar pul o‘tkazmasini qabul qilgan. Bu o‘tgan yilga nisbatan 27 foizga ko‘p. Markaziy Osiyo fuqarolari Rossiyadan tashqari Janubiy Koreya, Fors ko‘rfazi mamlakatlari va Yevropa davlatlariga ham mehnat migratsiyasini yo‘naltira boshladi. Shu bilan birga, Rossiya hududida hanuz 70 ming qirg‘iz, 200 ming tojik va 500 ming o‘zbekistonlik migrant qonuniy maqomsiz faoliyat yuritmoqda. Qirg‘izistonlik ekspert Asilbek Egamberdiyev Rossiya siyosatini samarasiz, deb baholadi. Uning fikricha, mehnat vizasi tizimi orqali qonuniy va barqaror migratsiyani tashkil etish imkoni bor. Aks holda, migratsiyani nazorat qilish yanada qiyinlashadi. Xulosa qilib aytish mumkinki, Rossiyadagi ichki siyosiy o‘zgarishlar mintaqaviy iqtisodiyotga uzoq muddatli ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Lekin hozircha pul o‘tkazmalarida pasayish kuzatilmayapti.

Teglar

Mavzuga oid