add

Rossiyaning geosiyosiy kuchi yadroviy eksport bilan oshib bormoqda

11.07.2025 | 23:0050323

Rossiya nafaqat yadroviy reaktorlar va uran eksporti bo‘yicha yetakchiga aylangan, balki atom energetikasi orqali diplomatik ta’sirini ham sezilarli darajada kengaytirmoqda.

Rossiyaning geosiyosiy kuchi yadroviy eksport bilan oshib bormoqda
Britaniyaning The Economist jurnali tahlillariga ko‘ra, Rossiya bugungi kunda jahon atom energetikasi sohasida mustahkam yetakchilikni saqlab turibdi. Xususan, davlat korporatsiyasi «Rosatom» yadroviy reaktorlar eksporti bozorining 65 foizi, boyitilgan uran bozorining esa 44 foizini nazorat qilmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, korporatsiyaning eksportdan tushgan daromadi 2021 yilda 9 milliard dollar bo‘lgan bo‘lsa, 2023 yilda bu ko‘rsatkich 16 milliard dollarga yetgan. Lekin, The Economist ta’kidlashicha, moliyaviy o‘sishdan ham muhimrog‘i — Rossiyaning yadroviy kelishuvlar orqali olayotgan diplomatik ta’sir kuchidir. «Rosatom»ning muvaffaqiyati uning mijozlarga atom elektrostansiyasi qurilishi, yoqilg‘i yetkazib berish va mutaxassislar tayyorlashni o‘z ichiga olgan to‘liq xizmatlar siklini taklif etayotgani bilan bog‘liq. Bu kompaniyaga atom sohasidagi boshqa raqiblardan ustun tura olish imkonini bermoqda. Tahlilchilarning fikricha, Rossiya bu sohadagi ustunligini davlatning qat’iy va doimiy ko‘magi bilan ta’minlamoqda. Bu esa «Rosatom»ga yuqori tavakkalchilikka ega bo‘lgan loyihalarda ham faol ishtirok etish imkonini yaratmoqda. G‘arb kompaniyalari esa bunday loyihalarda ishtirok etishga tayyor emas. The Economist ta’kidlashicha, ko‘plab mamlakatlar uglevodorodlarga muqobil sifatida atom energetikasini rivojlantirishga intilayotgan bir paytda, Rossiya nafaqat o‘zining iqtisodiy mavqeini mustahkamlash, balki yadroviy sohadagi uzoq muddatli shartnomalar orqali siyosiy ta’sir doirasini kengaytirish uchun noyob imkoniyatga ega bo‘lmoqda.

Teglar

Mavzuga oid

Rossiyaning geosiyosiy kuchi yadroviy eksport bilan oshib bormoqda | Vaqt.uz