add

Rossiyaning Max davlat messenjeri foydalanuvchilar ma’lumotini to‘plashda ayblandi

19.08.2025 | 10:305463

Taxlilchilar davlat messenjeri Max foydalanuvchi ma’lumotlarini nazoratsiz yig‘ishi va kuzatishi mumkinligini aniqlashdi. Ilovaning xavfli jihatlari GitHub’da e’lon qilindi.

Rossiyaning Max davlat messenjeri foydalanuvchilar ma’lumotini to‘plashda ayblandi
Mutaxassislar davlat tomonidan ishlab chiqilgan Max messenjerining Android versiyasini tahlil qilib, xavotirli xulosalarga keldi. Ular apk-faylni o‘rganib chiqqanidan so‘ng, messenjer foydalanuvchining smartfonidagi deyarli barcha jarayonlarni kuzatishini aniqlashdi. Ilovaning mikrofon, kamera va ekranga ulanish huquqi bor. U insonning yoshi, jinsi, elektron pochta manzili, foydalanuvchi IDsi va hatto joylashuv ma’lumotlarini ham yig‘adi. Shu bilan birga, Max smartfonda o‘rnatilgan barcha dasturlar ro‘yxatini to‘playdi, hatto xabar hali yuborilmagan bo‘lsa ham, matn kiritilgan holatda uni serverga yuborishni boshlaydi. Bu haqda tahlilchilar hisobotini GitHub platformasiga joylashtirishdi. Bundan tashqari, 18 avgust kuni tarqalgan xabarga ko‘ra Kaspersky ilovasini hatto messenjer faol bo‘lmagan paytda ham veb-kameraga murojaat qilganini aniqlagani aytilgan. Lekin Max matbuot xizmati bu ma’lumotni rad etdi. Messenjer vakillari foydalanuvchi videoqo‘ng‘iroqni qo‘ldan faollashtirmas ekan, kamera hech qanday holda ishga tushmasligini ma’lum qilishdi. Ularning ta’kidlashicha, «kamera faqat yuz foiz foydalanuvchi tashabbusi bilan ishga tushadi, avtomatik yoki yashirin faollashuv bo‘lishi mumkin emas». Biroq tahlilchilar yoritgan texnik xulosalar davlat ilovalarida shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish masalasini yana bir bor kun tartibiga olib chiqdi. Eslatib o‘tamiz, Max messenjerini hozircha faqat Rossiya va Belarus telefon raqamlari bilan o‘rnatish mumkin.

Teglar

Mavzuga oid