Logo

Saida Mirziyoyeva Antoniu Guterrish bilan uchrashdi

Bugun 09:261 daqiqa

Saida Mirziyoyeva Nyu-Yorkda BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan ko‘rishib, O‘zbekiston va tashkilot o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva Antoniu Guterrish bilan uchrashdi © Saida Mirziyoyeva Telegram kanali

Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Nyu-Yorkda BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan uchrashib, o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.

Uchrashuv davomida O‘zbekiston va Birlashgan Millatlar Tashkiloti o‘rtasidagi hamkorlikning bugungi holati hamda uni yanada rivojlantirish masalalariga e’tibor qaratildi.

Saida Mirziyoyeva xalqaro munosabatlar tizimi murakkab davrni boshdan kechirayotgan sharoitda global miqyosda yetakchilik salohiyatini namoyon etayotgani va xavfsizlikning asosiy yo‘nalishlarida O‘zbekistonni qo‘llab-quvvatlayotgani uchun Antoniu Guterrishga minnatdorlik bildirdi.

Ta’kidlanishicha, hozirda O‘zbekistonda BMT tuzilmalari ishtirokida umumiy qiymati 293 million dollar bo‘lgan 166 ta qo‘shma loyiha amalga oshirilmoqda.

Ushbu loyihalar sog‘liqni saqlash, ta’lim sifatini oshirish, kambag‘allikni qisqartirish va ekologik barqarorlikni ta’minlash kabi yo‘nalishlarni qamrab olgan.

Uchrashuvda O‘zbekistonning BMT doirasidagi hamkorligini yanada rivojlantirish, global muammolarga amaliy yechimlar izlash va dolzarb xalqaro masalalar bo‘yicha hamkorlikni kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.

Teglar

Mavzuga oid