add

Samarqand 2025 yilda Islom dunyosi madaniyat poytaxti bo‘ladi

2025 yilda Samarqand Islom dunyosi madaniyat poytaxti sifatida e’tirof etiladi. Bu haqda Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov va ICESCO bosh direktori Salim bin Muhammad al-Malik o‘rtasidagi uchrashuvda ma’lum qilindi.

Samarqand 2025 yilda Islom dunyosi madaniyat poytaxti bo‘ladi
Uchrashuv chog‘ida O‘zbekiston Hukumati va Islom hamkorlik tashkilotining Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha muassasasi (ICESCO) o‘rtasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Saidovning so‘zlariga ko‘ra, tomonlar yaqin istiqbolda amalga oshirilishi kutilgan loyihalar bo‘yicha harakatlar rejasini imzoladi. Hujjatda ikki tomonlama hamkorlikni chuqurlashtirish, madaniy aloqalarni kengaytirish va ICESCO bilan qo‘shma tashabbuslarni ro‘yobga chiqarish kabi ustuvor yo‘nalishlar aks etgan. Mazkur tashabbus doirasida Samarqandda xalqaro miqyosdagi madaniy tadbirlar, forumlar va ilmiy anjumanlar o‘tkazilishi kutilmoqda. Bundan ko‘zlangan maqsad – shaharning tarixiy va madaniy salohiyatini jahon hamjamiyatiga kengroq tanitishdir. Saidov va al-Malik o‘rtasidagi muzokaralar O‘zbekistonning xalqaro madaniy maydondagi nufuzini yanada oshirishga xizmat qilishi kutilmoqda.

Teglar

Mavzuga oid