add

Saudiya Arabistonida 8 nafar o‘zbekistonlik haj ziyoratchisi vafot etdi

01.07.2025 | 15:0026833

Haj–2025 davomida 4 nafar rasmiy ziyoratchi, 4 nafar esa noqonuniy yo‘l bilan borganlar hayotdan ko‘z yumdi.

Saudiya Arabistonida 8 nafar o‘zbekistonlik haj ziyoratchisi vafot etdi
Joriy yilgi «Haj–2025» mavsumida O‘zbekistondan 15 mingdan ortiq ziyoratchi Makkadagi muqaddas joylarni ziyorat qildi. Haj tadbirlari rasmiy idoralar, jumladan, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, ishchi guruhlar va mamlakatning Saudiya Arabistonidagi diplomatik vakolatxonalari hamkorligida tashkil etildi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, haj marosimlari davomida og‘ir iqlim va mavjud kasalliklar sabab 4 nafar rasmiy ro‘yxatdagi o‘zbekistonlik ziyoratchi vafot etgan. Shuningdek, haj mavsumida noqonuniy yo‘llar orqali Saudiya Arabistoniga borgan yana 4 nafar fuqaro ham halok bo‘lgani ma’lum qilindi. Ziyoratchilarning Saudiya Arabistoniga borishi 13–30 may kunlari amalga oshirilgan bo‘lib, ularning qaytishi 12–29 iyun orasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar orqali ta’minlandi. Bu maqsadda Jidda xalqaro aeroportidan turli viloyatlarga reyslar yo‘lga qo‘yildi. Bosh konsulxona ma’lumotiga ko‘ra, hajdan so‘ng 40 dan ortiq fuqaro xorijga chiqish pasportini yo‘qotgan. Ularga Vatanga qaytish uchun tegishli guvohnoma rasmiylashtirishda yordam ko‘rsatilgan. Shuningdek, haj paytida ziyoratchilarga tibbiy xizmat, huquqiy ko‘mak va tashkiliy yordam o‘z vaqtida taqdim etilgani qayd etildi.

Teglar

Mavzuga oid

Saudiya Arabistonida 8 nafar o‘zbekistonlik haj ziyoratchisi vafot etdi | Vaqt.uz