add

Slovakiya bosh vaziri Robert Fitso rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keladi

Slovakiya bosh vaziri Robert Fitso Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan 8−10 iyun kunlari O‘zbekistonda bo‘ladi. U tashrif doirasida oliy darajadagi muzokaralarda ishtirok etib, IV Toshkent xalqaro investitsiya forumida ham qatnashishi kutilmoqda.

Slovakiya bosh vaziri Robert Fitso rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keladi
Tashrif davomida Toshkent shahrida oliy darajadagi muzokaralar o‘tkazilishi va ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilinishi rejalashtirilgan. Muzokaralarda savdo, investitsiya va innovatsiyalar, qishloq xo‘jaligi, sanoat, energetika hamda turizm sohalarida sheriklikni kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratiladi. Shuningdek, mehnat migratsiyasi, ta’lim, madaniy-gumanitar aloqalar kabi yo‘nalishlar ham muhokama markazida bo‘ladi. Tomonlar xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga ega masalalar, jumladan, ko‘p tomonlama maydonlarda o‘zaro qo‘llab-quvvatlash yuzasidan ham fikr almashishlari kutilmoqda. Tashrif yakunida ikki davlat o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan qator hujjatlar imzolanishi reja qilingan. Shuningdek, Robert Fitso IV Toshkent xalqaro investitsiya forumida ham ishtirok etadi. Forum doirasida u xalqaro investorlar va yuqori darajadagi rasmiylar bilan uchrashuvlar o‘tkazishi ham mumkin.

Teglar

Mavzuga oid

Slovakiya bosh vaziri Robert Fitso rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keladi | Vaqt.uz