add

Slovakiya o‘zbekistonliklar uchun milliy viza berish tartibini yengillashtirishi mumkin

15.10.2025 | 08:2220094

Bratislavada bo‘lib o‘tgan muzokaralarda ikki davlat tashqi ishlar vazirliklari viza tartibini soddalashtirish, mehnat migratsiyasi va konsullik hamkorligini muhokama qildi. Slovakiya arizalarni ko‘rib chiqish muddatini 1 oyga qisqartirishi mumkin.

Slovakiya o‘zbekistonliklar uchun milliy viza berish tartibini yengillashtirishi mumkin
Slovakiya Respublikasi o‘zbekistonlik fuqarolar uchun milliy vizalarni berish tartibini yengillashtirishi mumkin. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligining Dunyo nashri ma’lum qildi. Bratislava shahrida ikki davlat tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida ilk konsullik maslahatlashuvlari bo‘lib o‘tdi. Suhbatda tomonlar viza tartibini soddalashtirish, mehnat migratsiyasini rivojlantirish va konsullik ma’lumotlari bilan o‘zaro almashish masalalarini muhokama qildi. Muzokaralar yakunida Slovakiya tomoni milliy vizalarni berish tartibini yengillashtirish hamda arizalarni ko‘rib chiqish muddatini 3 oydan 1 oygacha qisqartirish imkoniyatini ko‘rib chiqishga tayyorligini bildirdi. Bu qaror ikki davlat o‘rtasidagi insonlar almashinuvini va ishchi migratsiya jarayonlarini faollashtirishi kutilmoqda. Shuningdek, tomonlar Slovakiya migratsiya agentligini o‘zbekistonlik ishchi migrantlarni Volvo zavodida ishga jalb etish rejalari haqida xabardor qilish, shuningdek, ular uchun slovak tili kurslarini tashkil etish masalasida kelishib oldi. Muhokamalar doirasida ikki davlatning tegishli idoralari mehnat migratsiyasi, readmissiya va aholi mobilligini tartibga solish bo‘yicha ikki tomonlama bitimlar ustida ish olib borishi ma’lum qilindi. Ma’lumot uchun, joriy yil mart oyida Slovakiya migratsiya agentligi amerikalik Manpower Group’ning Slovakia bo‘limi bilan hamkorlik kelishuvini imzolagan edi. Kompaniya hozirda Volkswagen, Peugeot, Volvo va Jaguar Slovakia avtozavodlariga ishchi kuchini yetkazib bermoqda. Avvalroq Chernogoriya hukumati mamlakatning Yevropa Ittifoqiga qo‘shilish jarayonida viza siyosatini muvofiqlashtirish maqsadida O‘zbekiston, Armaniston va Misr fuqarolari uchun vaqtinchalik vizasiz tartibni bekor qilgani haqida xabar bergan edik.

Teglar

Mavzuga oid

Slovakiya o‘zbekistonliklar uchun milliy viza berish tartibini yengillashtirishi mumkin | Vaqt.uz