add

«Soliq» mobil ilovasi yangilandi

Davlat soliq qo‘mitasi 2025 yilning 1 dekabrdan boshlab «Soliq» ilovasining eski versiyasi ishlamasligini ma’lum qildi.

«Soliq» mobil ilovasi yangilandi

«Soliq» mobil ilovasi yangilandi. Bu haqda Davlat soliq qo‘mitasi axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, ilovaning xavfsizlik tizimi yangilangani tufayli eski versiyadan foydalanish imkoniyati 2025 yil 1 dekabrdan cheklanadi.

Qo‘mita bayonotiga ko‘ra, 4 noyabr kuni soat 18:40 dan boshlab profilaktik ishlar olib borilgani sababli ilova faoliyati vaqtincha cheklangan. Hozirda xavfsizlik bo‘yicha choralar to‘liq yakunlanib, foydalanuvchilar uchun yangilangan versiya ishga tushirilgan.

Yangilanish doirasida ilovaning xavfsizlik sertifikatlari yangilanib, kiberxavfsizlik talablari kuchaytirilgan. Shu bois foydalanuvchilardan yangi versiyani Play Market va App Store orqali yuklab olishlari so‘ralmoqda.

Qo‘mita shuningdek, xavfsizlik nuqtai nazaridan vaqtinchalik cheklov joriy etilganini ma’lum qildi — O‘zbekiston hududidan tashqarida bo‘lgan foydalanuvchilar 1 dekabrga qadar ilovadan foydalana olmaydi.

«Taqdim etilgan vaqtinchalik noqulayliklar uchun fuqarolar va barcha soliq to‘lovchilardan uzr so‘raymiz», — deyiladi Soliq qo‘mitasi xabarida.

Teglar

Mavzuga oid

«Soliq» mobil ilovasi yangilandi | Vaqt.uz