add

Soliqchilarning soxta reytinglari orqali 82 mlrd so‘m QQS noqonuniy qaytarilgan

26.05.2025 | 10:0012922

Soliq idorasi xodimlarining ayrimlari «Barqarorlik reytingi» dasturini soxtalashtirib, katta miqdorda QQSni noqonuniy qaytarishga yordam bergani aniqlandi. Davlat xavfsizlik xizmati o‘tkazgan tadbirlar natijasida jinoiy sxema fosh etildi va jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Soliqchilarning soxta reytinglari orqali 82 mlrd so‘m QQS noqonuniy qaytarilgan
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, mansabdorlar 18 ta xo‘jalik yurituvchi sub’ektning xavf darajasini sun’iy tarzda tushirib, 82 mlrd so‘m qo‘shilgan qiymat solig‘ini byudjetdan qaytarish imkonini yaratgan. Jumladan, yog‘och importi bilan shug‘ullanuvchi MCHJ hisobiga 5,5 mlrd so‘m QQS noqonuniy qaytarilgan. Soliq qo‘mitasining 2 xodimi, MCHJ direktori va hisobchisi hamda 2 norasmiy rahbar gumonlanuvchi sifatida tergovga jalb qilindi. Barcha shaxslarga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Tergov davomida jami 16 ta ob’ektda tintuv o‘tkazilib, 79 ming AQSH dollari, 161 mln so‘m pul, 3 ta LI 9 elektromobili, 2 ta «Gentra», 1 ta «Nexia 3», yuzlab elektron sigaretlar, muhrlar, kompyuter va telefonlar protsessual rasmiylashtirildi. Soliq qo‘mitasi bunday holatlar qo‘mita ichki xavfsizlik xizmati tomonidan aniqlanganini ma’lum qildi. Rasmiy bayonotda «faqat halollik va shaffoflik» tamoyili ustuvor ekani, korrupsiyaga qarshi murosasiz kurash olib borilishi ta’kidlangan.

Teglar

Mavzuga oid