
Startaplar uchun 2 mln dollarlik tanlovlar g‘olibi aniqlandi
O‘tgan hafta O‘zbekistonda startaplar uchun yilning eng muhim ikkita tanlovi — President Tech Award 2025 va Digital Startup Awards uchun g‘oliblar e’lon qilindi.

13-dekabr kuni O‘zbekistonda startaplar uchun yilning eng muhim ikkita tanlovi — President Tech Award 2025 va Digital Startup Awards uchun g‘oliblar e’lon qilindi.
President Tech Award 5 ta yo‘nalish bo‘yicha 15 ta g‘olib aniqlandi va umumiy 1 mln dollar mukofot puli berildi. G‘oliblar quyidagicha bo‘ldi:
Sun’iy intellekt texnologiyalari yo‘nalishida:
1. MoliyAI — 100 ming dollar;
2. NavAI — 50 ming dollar;
3. Lexora — 30 ming dollar.
Ijtimoiy yo‘nalishda:
1. Femmy — 100 ming dollar;
2. Handex — 50 ming dollar;
3. D-Clinics — 30 ming dollar.
Micro-SaaS va AdTech sohasidagi raqamli texnologiyalar:
1. Romchi — 100 ming dollar;
2. Tingla AI — 50 ming dollar;
3. Quvur — 30 ming dollar.
komputer va mobil o‘yin dasturlari:
1. Through the never — 100 ming dollar;
2. Spring Break — 50 ming dollar;
3. Mara — 30 ming dollar.
Tadbirkorlik va moliyaviy texnologiyalar:
1. KarmonAI — 100 ming dollar;
2. 1Way — 50 ming dollar;
3. Robosell — 30 ming dollar;
Digital Startup Awards tanlovi esa xalqaro darajada bo‘lib o‘tdi. Unda Armaniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Ozarboyjon, Gurjiston, Turkmaniston va Mo‘g‘ulistondan startap-loyihalar ishtirok etdi. O‘zbekiston startaplari esa Best Startup Project yo‘nalishida qatnashdi.
Tanlovda investitsiya olgan startaplar:
AVM.AI (Qozog‘iston) — 50 ming dollar;
Avto-time (Qozog‘iston) — 25 ming dollar;
Clario (Qozog‘iston) — 50 ming dollar;
Epsilon3.ai (Tojikiston) — 25 ming dollar;
Layf (Armaniston) — 50 ming dollar;
Moon AI (Qozog‘iston) — 50 ming dollar;
Oneplace.HR (Mo‘g‘uliston) — 50 ming dollar;
Porte Tech (Qozog‘iston) — 50 ming dollar;
Recepta (Ozarboyjon) — 50 ming dollar;
Robospark (Qozog‘iston) — 50 ming dollar;
Rosta (Qozog‘iston) — 25 ming dollar;
Smarthub (Tojikiston) — 50 ming dollar;
Bundan tashqari, Best Startup Project yo‘nalishida ham g‘oliblar ma’lum bo‘ldi:
1-o‘rin — 40 ming dollar, Multicode (Qozog‘iston)
Soha: SaaS
Tavsif: Temiryo‘l vagonlari operatorlari uchun operatsion jarayonlarni optimallashtiruvchi SI asosidagi B2B SaaS platforma.
Asoschi: Anvar Sarsembinov
2-o‘rin — 25 ming dollar, HGT (O‘zbekiston)
Soha: GovTech
Tavsif: Kommunal xizmatlar sohasini raqamlashtirish va xavfsiz, qulay to‘lov tizimini ishlab chiqishga qaratilgan texnologik startap.
Asoschi: Alisher Tojiyev
3-o‘rin — 15 ming dollar, Telagri (Gurjiston)
Soha: FinTex
Tavsif: Fermer xo‘jaliklari ma’lumotlarini moliyaviy ko‘rsatkichlarga aylantirish orqali qishloq xo‘jaligi kreditlari xavfini kamaytiruvchi platforma.
Asoschi: Irakli Chikava
Eng yaxshi ayollar startapi — 10 ming dollar MamaSpace (Qirg‘iziston)
Soha: MedTex
Tavsif: Onalar salomatligi bo‘yicha ekspert yordami va SI asosidagi ishonchli tavsiyalarni taqdim etuvchi platforma.
Asoschi: Gulnaza Xalbambetova






