
Tayvan Rossiya naftasining eng yirik xaridoriga aylandi
01.10.2025 | 14:3049323
Tayvan Rossiyaga qarshi sanksiyalarga qo‘shilib, Ukrainaga ochiq yordam berganiga qaramay, Moskvadan energiya mahsulotlari importini keskin oshirdi.

Finlyandiyadagi CREA markazi hisobotida qayd etilishicha, naftaning asosiy qismi yarimo‘tkazgichlar va kimyo sohasi uchun zarur xomashyo hisoblanadi. 2025 yilning birinchi yarmida orol davlati Rossiyadan 1,3 milliard dollarlik naftaning yirik miqdorini sotib oldi. Tayvanning Rossiyadan xaridi 2022 yildagidan qariyb olti barobar ko‘p bo‘lib, 2024 yilga nisbatan 44 foizga o‘sgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 2022 yil fevraldan beri Tayvan Moskvadan 6,8 million tonna naftaning umumiy qiymati 4,9 milliard dollarlik hajmini olib kirgan. Bu Rossiyaning mazkur mahsulot bo‘yicha umumiy eksport ulushining 20 foizini tashkil etadi. Shu tariqa, Tayvan Rossiyaning energiya savdosida strategik xaridorga aylangan.
Tahlilchilarning ta’kidlashicha, bu holat nafaqat Ukraina urushi jarayonida Moskvaga qo‘shimcha moliyaviy resurs taqdim etmoqda, balki Xitoy bilan ehtimoliy mojarolarda Tayvanning energetikaga kuchli bog‘liqligini ko‘rsatmoqda. Xitoy orolni o‘z hududi deb hisoblaydi va zarurat bo‘lsa kuch ishlatish ehtimolini ham istisno etmayapti. Shu bois Ukraina—Rossiya urushi Tayvanda alohida diqqat bilan kuzatilmoqda.
Nafta — neftdan olinadigan, yarimo‘tkazgichlar sanoati uchun zarur bo‘lgan hamda kimyoviy moddalar ishlab chiqarishda keng qo‘llaniladigan mahsulot.





