
Temur Kapadze «Navbahor» PFKda bosh murabbiyi etib tayinlandi
Namangan klubi 44 yoshli mutaxassis Temur Kapadze bilan shartnoma imzolanganini va bugundan «Navbahor» PFKda rasman ish boshlaganini ma’lum qildi.

Namanganning «Navbahor» professional futbol klubi O‘zbekiston milliy terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Temur Kapadzeni jamoa boshqaruviga rasman tayinladi. Bu haqda klub matbuot xizmati ma’lumot berdi.
Kapadze rahbariyat bilan uchrashuv chog‘ida jamoaning kelgusi rejalari, taktik yo‘nalishi va rivojlanish strategiyalarini batafsil muhokama qilgani qayd etildi. Muzokaralar natijasida mutaxassis klub bilan rasman shartnoma imzolab, jamoaga rahbarlik qilishga kirishdi.
Eslatib o‘tamiz, Temur Kapadze O‘zbekiston milliy terma jamoasini Olimpiada va Jahon chempionatiga olib chiqqan murabbiy sifatida tarixga kirgan.





