
“Tilimiz bir dinimiz bir. Tillar bir bo‘lganda yo‘llar qisqaradi”
O‘zbekiston va Turkiya orasida 3500-3800 km masofa bor. Biroq Prezident aytganidek, tillar bir bo‘lganda masofa qisqaradi. Bugungi kunda Turkiya O‘zbekistonning eng muhim strategik hamkorlaridan biri. Ikka mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalar ham jadal rivojlanmoqda. Buni raqamlarning o‘zi ham ko‘rsatadi. Bu haqda biroz keyinroq.
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyevning Anqaraga tashrifi, uning o‘ziga xos jihatlari va bu tashrifdan erishilgan natijalar haqida gaplashamiz. Shuningdek, prezidentlarga hamrohlik qilgan birinchi xonimlarning rolini ham ko‘rib chiqamiz.
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 29-yanvarda rafiqasi rafiqasi Ziroatxon Mirziyoyeva bilan birga rasmiy tashrif bilan Anqara shahriga bordi. “Esenbog‘a” xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonlarni “To‘ylar muborak” filmidagi o‘zmik milliy sadolari ostida Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an va rafiqasi Emina Erdo‘g‘an kutib oldi.
Faxriy qorovul saf tortdi. O‘zbekiston Prezidenti Mirziyoyev Qo‘riqchilar polkining tantanali safini «Salom, askar!» deya qutladi.
Keyinchalik Mirziyoyev Prezidentlik saroyida ham rasmiy marosim bilan kutib olindi. Etiborli tomoni shundaki, rasmiy marosim vaqtida azon ovozi eshitilgach, orkestr to‘xtatildi va Mirziyoyev va Erdo‘g‘an azonni tik turgan holda va ehtirom bilan tingladi. Azon tugagandan so‘ng orkestr ijrosi qayta boshlandi va rasmiy marosim davom ettirildi.
Muzokaralar
Prezidentlar dastlab tor doirada uchrashdi, keyin esa oliy darajadagi Strategik hamkorlik kengashining to‘rtinchi yig‘ilishida qatnashdi. Bunday tadbirlar asosan yopiq eshiklar ortida o‘tadi va u yerda nimalar gaplashilib, nimalarga kelishib olinganini keyinchalik matbuot uchun elon qilinadigan bayonotlar va muzokaralar so‘nggida imzolanadigan hujjatlar paketidan bilib olish mumkin.
Bu gal ham iste’sno emas. Shavkat Mirziyoyev va Rajab Toyyib Erdo‘g‘an muzokaralar so‘nggida asosiy 2 hujjatga qo‘l qo‘ydi. Bular:
«O‘zbekiston-Turkiya Oliy darajadagi strategik hamkorlik kengashi 4-uchrashuvi qo‘shma bayonnomasi»
«O‘zbekiston Respublikasi va Turkiya Respublikasi o‘rtasida Keng qamrovli strategik sheriklik doirasidagi hamkorlik mexanizmlari to‘g‘risidagi qaror»
Marosimda Prezidentlar guvohligida boshqa kelishuvlar ham imzolandi:
Turkiya Respublikasi Hukumati va O‘zbekiston Respublikasi Hukumati o‘rtasida sog‘liqni saqlash sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi kelishuv
Turkiya Respublikasi Transport va infratuzilma vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi o‘rtasida Xalqaro transport koridorlari va mavjud amaliyotlarni rivojlantirishga doir memorandum
Turkiya Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi o‘rtasida 2026–2027 yillarga Madaniy hamkorlik rejasi
Turkiya Respublikasi Energetika va tabiiy zaxiralar vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi o‘rtasida Konchilik sohasida hamkorlikni rivojlantirish to‘g‘risida Memorandum
O‘zbekiston Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi va Turkiya Oliy ta’lim kengashi o‘rtasida bayonnoma
Turkiya Respublikasi Savdo vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Investitsiya, sanoat va savdo vazirligi o‘rtasida Erkin zonalar / maksus iqtisodiy zonalar sohasida hamkorlik to‘g‘risida Memorandum
Turkiya Respublikasi Moliya va xazina vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi o‘rtasida Iqtisodiy va moliyaviy hamkorlik to‘g‘risida Memorandum
Turkiya Respublikasi hukumati va O‘zbekiston Respublikasi hukumati o‘rtasida Ta’lim sohasida hamkorlik kelishuvi
– yadro xavfsizligi, jisman himoya qilish, kafolatlar va radiatsion himoya sohasidagi hamkorlik va axborot almashinuvi to‘g‘risida;
– migratsiyaga ko‘maklashish va fuqarolarni o‘z mamlakatiga qaytarish sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida;
– O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi va Turkiya Din ishlari boshqarmasi o‘rtasidagi hamkorlik to‘g‘risidagi hukumatlararo bitimlar;
– Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida 2026-2027 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturi;
Ko‘p qiziq gaplar hujjatlar almashinuvidan keyin o‘tkazilgan matbuot anjumanida yangradi. Erdo‘g‘an Prezident Mirziyoyev va uning delegatsiyasini o‘zlarining “ikkinchi vatanida” mehmon qilishdan katta mamnuniyat his qilayotganini aytib, O‘zbekistonning xalqaro maydonda tobora yuksalib borayotgan nufuzi va obro‘-e’tiborini yaqindan kuzatib borayotganini bildirdi.
«Savdo, mudofaa sanoati, ta’lim, madaniyat kabi sohalarda so‘nggi yillarda ko‘plab loyihalarni amalga oshirdik. So‘nggi 10 yil ichida ikki tomonlama savdo hajmimizni uch barobarga oshirdik. Yangi maqsadimiz bo‘lgan 5 milliard dollarlik ko‘rsatkichga ham yaqin orada yetib borishimizga ishonaman. Bugun O‘zbekiston iqtisodiyotida birodarim Shavkat rahbarligida muhim qayta tuzilish jarayoni boshlanganini mamnuniyat bilan kuzatyapman. Turk kompaniyalari 5 milliard dollardan ortiq investitsiyalari bilan hozirning o‘zidayoq O‘zbekistondagi eng yirik uch investori qatoriga kiradi. Inshalloh, yanada yuqori darajalarni ko‘ramiz. Turkiya olaroq ham O‘zbekistonning, ham ota yurtimiz bo‘lgan Markaziy Osiyoning farovonligiga hissa qo‘shish borasida qo‘limizdan kelgan barcha ishni qilishga qat’iyan qaror qilganmiz» – dedi Erdo‘g‘an.
Shuningdek, Erdo‘g‘an bir necha kun oldin Anqarada tashqi ishlar vazirlarining hamraisligida Qo‘shma strategik rejalashtirish guruhi yig‘ilishi bo‘lib o‘tganini eslatdi. Gap 20-yanvar kuni tashqi ishlar, ichki ishlar, mudofaa vazirlari hamda xavfsizlik xizmati idoralari rahbarlaridan iborat 4+4 mexanizmining birinchi yig‘ilish haqida ketmoqda. O‘shanda O‘zbekiston delegatsiyasi Erdo‘g‘an qabulida ham bo‘lgan edi.
Shavkat Mirziyoyev so‘zga chiqar ekan, Turkiya nafaqat musulmon dunyosida, balki global miqyosda ham har sohada tobora ko‘proq ta’sirga ega bo‘layotganini va yutuqlarga erishganini urg‘uladi. U, «Turkiya Asri» strategik dasturi muntazam amalga oshirilayotganini qayd etdi.
Prezident Mirziyoyev, joriy yilda Turkiya Birlashgan Millatlar Tashkiloti Iqlim o‘zgarishi doirasidagi 31-Konferensiyasi (COP31), NATO Sammiti va Turkiy Davlatlar Tashkiloti (TDT) Sammitlariga mezbonlik qilishini eslab o‘tdi va ushbu global tadbirlar muvaffaqiyatli o‘tishiga tilak bildirdi.
Raqamlar tilga kirganda
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi e’lon qilgan ma’lumotlarga ko‘ra, 2017 yilda O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi savdo aylanmasi taxminan 1,5 milliard AQSH долларини tashkil etgan bo‘lsa, 2025 yilga kelib bu ko‘rsatkich deyarli ikki barobarga o‘sib, taxminan 3 milliard AQSH dollariga yetgan. O‘zbekistondan Turkiyaga eksport o‘sib bormoqda va bu o‘sish tasodif emas. Chunki ikki davlat imtiyozli savdo kelishuviga ega bo‘lib, bu korxonalar uchun hamkorlikni foydaliroq va barqaror qiladi. Shuning uchun ham qo‘shma korxonalarning soni esa 2,2 mingtadan oshdi, o‘zlashtirilgan investitsiyalarning umumiy hajmi qariyb 10 milliard dollarni tashkil etdi.
Ikki mamlakat o‘rtasida haftasiga 100 ga yaqin aviaqatnov amalga oshirilayotgani ham iqtisodiy aloqalar naqadar kuchli ekanini ko‘rsatadi.
O‘zbekiston qurib bergan uylar
Bundan deyarli 3 yil oldin, 2023 yil 6-fevralda epimarkazi Qahramonmarashda bo‘lgan 7.7 balli zilzila Turkiyaning 11 viloyatida sezilgandi. 500 kilometrdan uzoqqa cho‘zilgan zilzila zonasida 50 mingdan ortiq kishi halok bo‘ldi, 110 mingdan ortiq odam jarohatlandi. O‘zbekiston ushbu fojiali davrning dastlabki kunlaridanoq Turkiyaga har tomonlama yordam ko‘rsata boshladi. Buni Ero‘g‘an hamon eslab kelyapti.
“Insoniyat sinovdan o‘tayotgan bir davrda mazlumlar tomonida jasorat bilan turgan o‘zbek qardoshlarimni, muhtaram Prezident timsolida yana bir bor chin dildan tabriklayman. Qardoshim Mirziyoyevning O‘zbekistonda falastinliklar uchun ijtimoiy xizmatlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan jamg‘arma tashkil etish haqidagi qarorini ham yuksak baholayman. O‘zbek qardoshlarimizning Turkiya haqida gap ketganda tez-tez ishlatadigan bir iborasi bor: “Dilimiz bir, tilimiz bir”. Ya’ni ko‘nglimiz bir, tilimiz bir. Faqatgina ko‘nglimiz va tilimiz emas, balki dardimizning o‘zi ham bir, alamimiz ham bir, g‘am-tashvishimiz ham bir. Buni muborak Ramazon oyida, uch yil avval, o‘z boshimizdan o‘tkazdik. O‘zbekiston 53 mingdan ortiq fuqaromizni yo‘qotgan 6-fevral zilzilalarida bizga yordamga oshiqqan ilk davlatlardan biri bo‘ldi. O‘zbek qardoshlarimiz zilzila xabarini olgan zahotiyoq xalqimiz uchun qanday safarbar bo‘lganini biz juda yaxshi bilamiz”
O‘shanda qisqa fursatda 100 nafar o‘zbekistonlik qutqaruvchi va 70 nafar tibbiyot xodimi falokat sodir bo‘lgan hududga yetib borgandi. Qidiruv-qutqaruv ishlari natijasida 18 kishi qutqarilgan, 200 nafarga yaqin jabrlanganlar vayronalar ostidan chiqarilgan. Dala shifoxonasi 4 ming nafar bemorga tibbiy yordam ko‘rsatgan. O‘zbekiston shu bilan cheklanmadi. O‘zbekiston qisqa muddatlarda Hatay viloyatining Arsuz tumanida 300 dan ziyod to‘liq jihozlangan xonadon, jami 24 ta ko‘p qavatli uydan iborat barcha zarur infratuzilmaga ega zamonaviy turar joy majmuasini barpo etdi. Majmuaga “O‘zbekiston” nomi berildi va Prezidentlar uning ochilish marosimida ishtirok etib, Hataydan kelgan 5 oilaga yangi uy kalitlarini topshirdi.
Shu yerda Prezident Mirziyoyev yana bir taklif bildirdi va Erdog‘an ham uning taklifini ma’qulladi:
Tashrif davomida O‘zbekistonning xorijdagi birinchi ta’lim muassasasi qurilishi boshlandi. Istanbulning Bekirkyoy tumanida 600 o‘rinli o‘zbek maktabining tamal toshi qo‘yildi. Yangi o‘quv maskani Turkiyada yashovchi o‘zbek oilalarining farzandlariga o‘z ona tilida ta’lim olishi mumkin bo‘ladi.
Birinchi xonimalar
O‘zbekiston va Turkiya birinchi xonimlari juda yaqin munosabatda ekani sir emas. Buni olingi tashriflardan ham ko‘rish mumkin. Bu safar ham Prezidentlar muzokaralar bilan band bo‘lgan paytda, birinchi xonimlar ham uchrashdi. Emina Erdo‘g‘an mehmonini “Anqara Palas” muzeyi kirishida kutib oldi.
Muzeyda Usmoniylar va Respublika davriga oid noyob asarlar – Hereke to‘qimalari, Yildiz chinnilari hamda diplomatik sovg‘alar namoyish etiladi. Ziroat Mirziyoyeva Istanbulda ham, Anqarada ham muzeylar ko‘p ekanini aytar ekan, bu muzeyda birinchi bo‘layotganini bildirdi.
Milliy saroylar boshqarmasi rahbari Yasin Yildiz eksponatlar haqida ma’lumot berdin. Ziroat Mirziyoyeva Anadolu kashtachilik uslublariga alohida qiziqish bildirib, bunday texnikalar asosida O‘zbekistonda ham mahsulotlar ishlab chiqarishni istashini aytdi. U, shuningdek, Yildiz chinnilarining O‘zbekistonda namoyish etilishi uni xursand qilishini ta’kidladi.
Liderlar rafiqalari “Anqara Palas” muzeyida yetuklashuv institutlarida tayyorlangan qo‘g‘irchoqlar, chinni va sopol buyumlarni ham tomosha qilgan. Ziroat Mirziyoyeva bu kashtachilik usullarini o‘zbekistonlik san’atkorlarga o‘rgatish maqsadida institut ustozlarini O‘zbekistonga taklif qilgan.
Emina Erdo‘g‘an Ziroat Mirrziyoyeva bilan uchrashuvdan so‘ng ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida shunday yozdi.
“Madaniyat xalqlarni yaqinlashtiradigan, umumiy xotirani saqlaydigan va millatlar o‘rtasida mustahkam rishtalar o‘rnatadigan eng kuchli ko‘prikdir. Bu uchrashuv Turkiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi do‘stlikni yanada mustahkamlashiga ishonaman”, deya yozgan Turkiyaning birinchi xonimi.
Shunday qilib, Prezident tashrifi tadbirlari yakunlangach, O‘zbekiston Prezidenti rafiqasi bilan birga Toshkentga jo‘nab ketdi. "Esenbog‘a" xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonlarni Turkiya Vitse-prezidenti Javdat Yilmaz va boshqa rasmiylar kuzatib qo‘ydi.
Teglar






