
Tog‘li hududlarda qor ko‘chishi xavfi e’lon qilindi
5–9-fevral kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik hamda havo haroratining o‘zgarishlari sabab bir qator viloyatlarning tog‘li hududlarida qor ko‘chish xavfi kuchayadi.

O‘zgidromet 5–9-fevral kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik hamda havo haroratining o‘zgarishlari sababli respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi yuzaga kelishini ma’lum qildi.
Jumladan:
— Qashqadaryo viloyati: Dehqonobod, Kitob, Qamashi, Shahrisabz tumanlarida;
— Surxondaryo viloyati: Boysun, Qumqo‘rg‘on, Sariosiyo, Uzun tumanlarida;
— Samarqand viloyati: Nurobod, Qo‘shrabot, Samarqand, Urgut tumanlarida;
— Jizzax viloyati: Baxmal, Zomin tumanlarida;
— Toshkent viloyati: Bo‘stonliq, Parkent, Ohangaron tumanlarida (Chotqol tizmasi tog‘lari);
— Namangan viloyati: Pop tumanida qor ko‘chishi xavfi e’lon qilinadi.
Shuningdek, tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li hududlarda harakatlanayotgan haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishlarini so‘ralmoqda.





