add

Tolibon Qandahorda bolalar o‘yinchoqlarini sotishni taqiqladi

23.07.2025 | 12:4012842

Afg‘onistonning janubiy Qandahor viloyatida bolalar uchun mo‘ljallangan o‘yinchoqlarni sotish rasman taqiqlandi. Bu qaror mahalliy tadbirkorlar biznesiga jiddiy zarar yetkazayotgani ta’kidlanmoqda.

Tolibon Qandahorda bolalar o‘yinchoqlarini sotishni taqiqladi
Mahalliy savdogarlar ma’lum qilishicha, hududdagi Tolibon hukumati ayniqsa qo‘g‘irchoqlar va bolalar haykalchalarin isotishga qarshi chiqmoqda. Ularning so‘zlariga ko‘ra, bolalar do‘konlari bu qaror tufayli daromadsiz qolmoqda, chunki mazkur mahsulotlar asosiy savdo ob’ektlaridan biri edi. Afghanistan International nashri yozishicha, Tolibon hukumatining «Fazilatni targ‘ib qilish va yovuzlikning oldini olish vazirligi» qo‘g‘irchoqlar va ayrim bolalar o‘yinchoqlarini shariatga zid deb topib, ularni xaram, ya’ni taqiqlangan deb e’lon qilgan. Bu toliblar hukmronligidagi hududlarda ilk bor kuzatilayotgan holat emas. Avvalroq ular Afg‘onistonda shaxmat o‘yinini ham «dinga zid» deb, noaniq muddatga taqiqlagan edilar. Mutaxassislar ushbu taqiqlarning ijtimoiy va iqtisodiy oqibatlari haqida ogohlantirmoqda. Bolalar o‘yinchoqlari va intellektual o‘yinlarga qaratilgan bunday cheklovlar mamlakatdagi savdo faoliyati, ta’lim muhiti va bolalarning rivojlanish imkoniyatlariga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Teglar

Mavzuga oid

Tolibon Qandahorda bolalar o‘yinchoqlarini sotishni taqiqladi | Vaqt.uz