add

Toshkent 3 mingga yaqin yo‘l haqi to‘lamagan yo‘lovchi jarimaga tortildi

Kecha 19:331911 daqiqa

Poytaxtda 10 kunlik tekshiruvlar davomida chiptasiz yurgan uch ming yo‘lovchiga ma’muriy choralar qo‘llandi.

Toshkent 3 mingga yaqin yo‘l haqi to‘lamagan yo‘lovchi jarimaga tortildi

Toshkent shahrida jamoat transportida yo‘l haqi to‘lovini nazorat qilish ishlari kuchaytirilishi natijasida 3 mingga yaqin yo‘lovchi chiptasiz harakatlangani uchun jarimaga tortildi. Bu haqda Transport vazirligi axborot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, 2025 yilning 1–10-dekabr kunlari 38 va 46-sonli avtobus yo‘nalishlarida nazorat tadbirlari kuchaytirilgan tartibda o‘tkazilgan. Ushbu yo‘nalishlar poytaxtdagi eng serqatnov yo‘nalishlardan biri hisoblanadi.

Tekshiruvlar jarayonida avtobuslarda chiptasiz harakatlangan 2 966 nafar yo‘lovchi aniqlangan. Ularga nisbatan belgilangan tartibda ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, jarima choralari qo‘llangan.

Xususan, ayrim kunlarda o‘tkazilgan reydlar davomida 238 nafar yo‘lovchida yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjat mavjud emasligi ma’lum bo‘lgan. Holat yuzasidan huquqbuzarlik to‘g‘risida rasmiy hujjatlar tuzilgan.

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga muvofiq, jamoat transportida chiptasiz yurish hamda yo‘lovchilarni chiptasiz tashish huquqbuzarlik hisoblanadi. Bunday holatlarda yo‘lovchilarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘ndan biri miqdorida — 41 200 so‘m jarima belgilangan.

Eslatib o‘tilishicha, Toshkent shahridagi avtobuslarda 2025 yil 1-yanvardan boshlab naqd pul orqali to‘lov qabul qilish to‘liq to‘xtatilgan. Hozirda yo‘l haqi faqat elektron to‘lov vositalari orqali amalga oshirilmoqda.

Teglar

Mavzuga oid