add

Toshkent aholisi bir oyda 60 mlrd so‘mlik keshbek oldi

Soliq qo‘mitasi 2025 yil sentyabr oyida qaysi hududlarda iste’molchilar ko‘proq keshbekka ega bo‘lganini ma’lum qildi.

Toshkent aholisi bir oyda 60 mlrd so‘mlik keshbek oldi

2025 yilning sentyabr oyida iste’molchilarga 111,8 mln dona chek uchun 125,4 mlrd so‘mdan ortiq keshbek to‘langan. Bu haqda Soliq qo‘mitasi ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, hududlar kesimida to‘langan keshbeklarning eng katta qismi 50,9 mlrd so‘m bilan Toshkent shahriga to‘g‘ri kelmoqda.

Ikkinchi o‘rinni esa 10,9 mlrd so‘m bilan Toshkent viloyati egalladi. Shuningdek, keyingi o‘rinlarda Farg‘ona (9,1 mlrd so‘m), Samarqand (8,3 mlrd so‘m) va Namangan (6,9 mlrd so‘m) viloyatlari turibdi.

Ma’lumot uchun, 2025 yil 1 oktyabr holatida xaridorlarga umumiy qiymati 96,2 trln so‘mlik 2 mlrd 100,6 mln dona elektron chek berildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2025 yilning yanvar–sentyabr oylarida 275 539 nafar kam ta’minlangan iste’molchiga 81,8 mlrd so‘mga yaqin QQS qaytarilgani haqida ma’lum qilingandi.

Teglar

Mavzuga oid