add

Toshkent–Samarqand tezyurar temir yo‘l loyihasi hujjatlari ishlab chiqlmoqda

29.07.2025 | 09:3049793

Toshkentdan Samarqandgacha tezyurar temir yo‘l qurilishi bo‘yicha texnik-iqtisodiy asoslash hujjatlari shu yilning oxirigacha to‘liq tayyor bo‘ladi. Bu haqda transport vaziri Ilhom Mahkamov 28 iyul kuni tadbirkorlar bilan ochiq muloqotda ma’lum qildi.

Toshkent–Samarqand tezyurar temir yo‘l loyihasi hujjatlari ishlab chiqlmoqda
Vazirning so‘zlariga ko‘ra, 2026 yil yanvaridan tenderga tayyorgarlik ishlari boshlanadi. Loyihaga xalqaro moliya institutlari, jumladan, Janubiy Koreya, Xitoy va Yevropa banklari katta qiziqish bildirmoqda. TIAni yaratishda Janubiy Koreya kompaniyalari konsorsiumi ishtirok etmoqda, va bu ish uchun Koreya Eksimbanki grant ajratgan. O‘zbekiston birinchi marta 2023 yilning noyabrida ushbu alohida tezyurar yo‘l shoxobchasini qurish niyatini e’lon qilgan edi. «O‘zbekiston temir yo‘llari» rahbariyatining ta’kidlashicha, mavjud infratuzilma yuk va yo‘lovchi harakatining o‘sib borayotgan hajmini qoplashga yetarli emas. 2024 yil sentyabrda Samarqandda bo‘lib o‘tgan Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki yig‘ilishida prezident Shavkat Mirziyoyev tezyurar temir yo‘l yo‘nalishlari: Toshkent–Samarqand hamda Samarqand–Navoiy–Buxoro tarmoqlari qurilishi rejasini e’lon qilgandi. Loyihalarni amalga oshirishga Turkiyaning Rönesans Holding kompaniyasi ham jalb etilishi mumkin. Shu bilan birga, temir yo‘l qurilishiga moliyalashtirish doirasida Xitoyning Eksport-import banki va Yevropa investitsiya bankidan ham qiziqish bildirilgan. Loyiha O‘zbekistonning transport-logistika salohiyatini oshirishda strategik ahamiyat kasb etadi.

Teglar

Mavzuga oid