add

Toshkent viloyatidagi bog‘chalarda bolalar ovqatdan zaharlandi

25.09.2025 | 09:405343

Bolalarning salomatligiga sifatsiz sut mahsulotlari ta’sir ko‘rsatgan. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi vaziyat to‘liq nazoratga olingani va tekshiruv ishlari boshlanganini ma’lum qildi.

Toshkent viloyatidagi bog‘chalarda bolalar ovqatdan zaharlandi
24 sentyabr kuni Piskent va Bo‘ka tumanlaridagi bir necha maktabgacha ta’lim muassasalarida tarbiyalanuvchilar sog‘lig‘ida o‘zgarish kuzatilib, ular yuqumli kasalliklar bo‘limiga olib borildi.
«Dastlabki tibbiy ko‘rikka ko‘ra, bolalarga «oshqozon-ichak faoliyatining o‘tkir buzilishi, ovqat toksikinfeksiyasi» tashxisi qo‘yildi. Zarur muolajalar amalga oshirilgandan so‘ng ko‘pchiligining ahvoli yaxshilanib, shu kunning o‘zida uylariga javob berildi. Og‘ir ahvoldagi bemorlar qayd etilmadi» deyiladi rasmiy munosabatda.
Shuningdek, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda tekshiruv boshlandi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bolalarning salomatligiga sifatsiz sut mahsulotlari ta’sir ko‘rsatgan. Xususan, 3,2 foizli kefir mahsuloti Oqqo‘rg‘on tumanidagi sexda ishlab chiqarilgani aniqlangan. Ayni vaqtda bemorlardan olingan tahlillar va iste’mol qilingan oziq-ovqat namunalari tegishli laboratoriyalarda tekshirilmoqda. Epidemiologik surishtiruv ishlari davom etmoqda. Tekshiruvlar yakuni bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlar berilishi bildirildi.

Teglar

Mavzuga oid