add

Toshkentda 19,6 ming yo‘lovchi yo‘l haqini to‘lamagan

03.12.2025 | 11:40821 daqiqa

Monitoring va nazorat qilish davlat muassasasi xodimlariga yo‘l haqini to‘lamaslik holatlari bo‘yicha jarima bayonnomalarini tuzish huquqi berildi.

Toshkentda 19,6 ming yo‘lovchi yo‘l haqini to‘lamagan

Joriy yilning 11 oyida poytaxt jamoat transportida 19,6 mingdan ortiq yo‘lovchi yo‘l haqini to‘lamay harakatlangani aniqlandi. Transport vazirligiga ko‘ra, bu holat tizimli nazoratni kuchaytirish va haq to‘lash intizomini mustahkamlash zarurligini namoyon qilmoqda.

Shu maqsadda Toshkent shahar yo‘lovchi tashish faoliyatini monitoring va nazorat qilish davlat muassasasi hamda Transport nazorati inspeksiyasi tomonidan kuchaytirilgan reydlar o‘tkazilmoqda. Reydlar davomida to‘lovsiz safar holatlari qayd etilib, jamoat transportida tartibga rioya etilishini ta’minlashga qaratilgan choralar amalga oshirilmoqda.

Monitoring va nazorat qilish davlat muassasasi xodimlariga yo‘l haqini to‘lamaslik holatlari bo‘yicha jarima bayonnomalarini tuzish huquqi berildi. Mas’ullarga bu vakolatning berilishi qoidabuzarliklarga tezkor chora ko‘rish va qonunchilik talablarini joyida ta’minlash imkonini oshiradi.

Transport vazirligi bu choralar jamoat transportida to‘lov intizomini keskin yaxshilashi, yo‘lovchilar oqimida shaffoflikni ta’minlashi va xizmat sifatini oshirishga xizmat qilishini qayd etdi.

Teglar

Mavzuga oid