add

Toshkentda fuqaroga 387 million so‘m qaytarildi

13.05.2025 | 11:4449773

Ko‘p kvartirali uy qurilishida ulushbay ishtirok etgan fuqaro qurilish kechikishi va shartnoma buzilishi tufayli zarar ko‘rgan edi. Raqobat qo‘mitasi olib borgan ish yuzasidan unga to‘langan mablag‘ to‘liq qaytarib berildi.

Toshkentda fuqaroga 387 million so‘m qaytarildi
Joriy yilning yanvar-mart oylarida Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi hamda uning hududiy bo‘linmalariga 355 tadan ortiq qurilish sohasiga oid fuqarolar murojaati kelib tushgan. Ularning aksariyati qurilish-ta’mirlash ishlarining sifatsizligi, ko‘rsatilmagan xizmatlar uchun haq olinishi va kommunal xizmatlar bilan bog‘liq muammolarni o‘z ichiga oladi. Xususan, 107 ta murojaat qurilish ishlari sifatining pastligi, 63 tasi ko‘rsatilmagan xizmatlar uchun haq talab qilinishi, 180 tasi esa boshqa kommunal muammolarga oid bo‘lgan. Qo‘mita tomonidan murojaatlar yuzasidan ko‘rilgan choralar natijasida fuqarolar manfaatiga 1,9 milliard so‘m qayta hisob-kitob qilindi. Shu murojaatlardan biri Toshkent shahar Yashnobod tumanida ro‘y berdi. Fuqaro A.B. qurilayotgan ko‘p qavatli uydan xonadon xarid qilish uchun 387 million so‘m to‘lagan, ammo 1 yilu 3 oy o‘tishiga qaramay qurilish ishlari boshlanmagan. 2025 yil 24 fevralda fuqaro shartnomani bekor qilish bo‘yicha kelishuv tuzgan, lekin qurilish kompaniyasi turli bahonalar bilan pulini qaytarmagan. Qo‘mita tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishlarda shartnoma shartlari buzilgani va qurilish ishlari umuman boshlanmagani aniqlandi. Natijada, fuqaro A.B.ga 387 million so‘m to‘liq qaytarib berish ta’minlandi.  

Teglar

Mavzuga oid