
Toshkentda metro bekatida chaqaloq dunyoga keldi
06.10.2025 | 22:4533932
Yo‘lovchining tug‘rug‘ini metropoliten xodimi qabul qilib, uning kindigini muvaffaqiyatli bog‘lagan va yangi tug‘ilgan chaqaloqning nafas olish refleksini faollashtirgan.

Bugun, 6 oktyabr kuni Toshkent metrosining G‘afur G‘ulom bekatida g‘ayrioddiy hodisa yuz berdi - yo‘lovchilardan birida tug‘ruq boshlandi. Bu haqda stansiya navbatchisi Naima Mahamadjanovaga yo‘l o‘tkazgichda bo‘lgan ichki ishlar xodimi ma’lum qilgan.
Qayd etilishicha, Naima Mahamadjanova o‘zining kasbiy bilim va ko‘nikmalarini ishga solib, tezkorlik bilan birinchi tibbiy yordam ko‘rsatdi va stansiyaning o‘zida ayolning sog‘-salomat tug‘ishiga yordam bergan. U tug‘ruqdan keyingi zarur muolajalarni o‘tkazgan - kindikni bog‘lagan va chaqaloqning nafas olish refleksini faollashtirgan.
Shundan so‘ng tez yordam va tuqqan ayolning yaqinlari chaqirilgan. Hozirda ona va yangi tug‘ilgan chaqaloqning salomatligi yaxshi - ular shifoxonaga yetkazilgan.





