add

Toshkentda «Poytaxt Parking» — pulli avtoturargohlar uchun ilova ishga tushirildi

23.06.2025 | 20:4514553

Poytaxtda yo‘l bo‘ylaridagi pulli avtoturargohlar uchun to‘lovlarni amalga oshirish imkonini beruvchi maxsus mobil ilova ish boshladi. Bu servis shahar transport infratuzilmasini raqamlashtirish va to‘xtash joylarini samarali boshqarishga qaratilgan.

Toshkentda «Poytaxt Parking» — pulli avtoturargohlar uchun ilova ishga tushirildi
«Poytaxt Parking» ilovasi Promobility tomonidan ishlab chiqildi va hozirda App Store hamda Google Play’da mavjud. Ilovani yuklab olishlar soni 5 mingdan oshgan. Ushbu servis Streetpark Systems operatori bilan hamkorlikda ishga tushirildi va asosiy to‘lov vositasi hisoblanadi. Dastlab 8 may kuni 6 ta ko‘chada — jumladan, Mustaqillik, Miroobod, Istiqbol va Shahrisabz ko‘chalarida — avtoturargohlar faoliyati boshlandi. Hozirda ularning soni 11 ta markaziy ko‘chada faoliyat yuritmoqda. Iyul oyi oxirigacha 86 ta ko‘chada 13 208 ta to‘xtash joyi ishga tushirilishi kutilmoqda. To‘lovlarni Click, Payme, Uzum Bank, Octobank va Paynet orqali amalga oshirish mumkin. Yaqin kelajakda pullik to‘lov uchun maxsus terminallar o‘rnatilishi rejalashtirilgan. Ilovada avtoturargoh narxi 5 mingdan 12 ming so‘mgacha belgilangan bo‘lib, bu tarif zonasiga qarab farq qiladi. “Poytaxt Parking” dasturi o‘zbek, rus va ingliz tillarida faoliyat yuritadi. Unda to‘xtash sessiyasi muddatini belgilab, avtomatik ravishda narxni hisoblash imkoni bor. 2024 yil oktyabrida Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzoqov tomonidan qabul qilingan qarorga ko‘ra, 2025 yil avgustgacha 13,2 mingta, keyinchalik esa 84 mingta pulli avtoturargoh joriy etilishi rejalashtirilgan.

Teglar

Mavzuga oid

Toshkentda «Poytaxt Parking» — pulli avtoturargohlar uchun ilova ishga tushirildi | Vaqt.uz