add

Toshkentda sun’iy intellektli kameralar ishga tushdi

12.07.2025 | 10:0049132

Poytaxtda piyodalar xavfsizligini ta’minlash maqsadida sun’iy intellektga asoslangan kameralar ishga tushirildi. Endi piyodaga yo‘l bermagan haydovchilar avtomatik ravishda jarimaga tortiladi. Ilk 3 kunning o‘zida 1700 ta qoidabuzarlik qayd etildi.

Toshkentda sun’iy intellektli kameralar ishga tushdi
Toshkent shahrida zamonaviy texnologiyalar yordamida yo‘l harakati xavfsizligini oshirish ishlari amalga oshirilmoqda. Shu doirada poytaxtning 10 ta piyodalar o‘tish joyiga sun’iy intellektga (AI) asoslangan kameralar o‘rnatildi. Bu haqda shahar hokimligi hamda IIV YHXB ma’lum qildi. Ushbu kameralar haydovchining piyodaga yo‘l bermaslik holatini avtomatik ravishda aniqlab, jarima tayinlaydi. Loyiha joriy etilgan ilk 3 kunda 1700 ta qoidabuzarlik holati qayd etilgani, sun’iy intellekt tizimining samaradorligini ko‘rsatmoqda. Mutasaddilarning ta’kidlashicha, bunday kameralar yaqin kunlarda yana 30 ta chorrahada o‘rnatiladi. Bu esa piyodalar xavfsizligini ta’minlash bilan birga haydovchilarni ham mas’uliyatga undaydi. Yo‘l harakati qoidalariga ko‘ra, haydovchilar piyodalarga yo‘l berishi shart. Endilikda bu qoidaga rioya qilmaganlar darhol avtomatik jarimaga uchraydi.

Teglar

Mavzuga oid