add

Toshkentdagi asosiy ko‘chalardan biri 3 kunga yopildi

26.09.2025 | 19:4528532

Shota Rustaveli ko‘chasining Janubiy vokzal – Sergeli yo‘nalishida ta’mirlash ishlari sabab avtomobillar harakati vaqtincha cheklandi.

Toshkentdagi asosiy ko‘chalardan biri 3 kunga yopildi
Toshkent shahridagi Shota Rustaveli ko‘chasida ta’mirlash ishlari olib borilishi sababli uning ma’lum bir qismi 3 kunga yopildi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berdi. Qayd etilishicha, 26 sentyabr soat 17:00 dan 29 sentyabr kuni soat 07:00 gacha ko‘chaning Janubiy vokzal – Sergeli («O‘zgarish» ko‘prigi) yo‘nalishida yo‘l ta’mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan avtomobillar harakati vaqtincha cheklanadi. «Shu munosabat bilan haydovchilardan safarlarini oldindan rejalashtirishni va aylanma yo‘llardan foydalanishni tavsiya etamiz», - deyiladi hokimlik xabarida.

Teglar

Mavzuga oid