Toshkentdagi «Izza» bozorida yong‘in chiqdi
Yong‘in bir yarim soatdan ziyod davom etgan.

Bugun, 6-avgust kuni soat 12:29 da Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi «Tokzor» mahallasi hududida joylashgan do‘konlaridan birida yong‘in sodir bo‘ldi.
Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining ma’lum qilishicha, yong‘in haqidagi xabar navbatchilik qismiga kelib tushgach, voqea joyiga qutqaruv ekipajlari zudlik bilan yetib borgan.
Vazirlikning so‘nggi ma’lumotiga ko‘ra, yong‘in soat 14:09 da to‘liq bartaraf etilgan.
Qayd etilishicha, hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q.
Hozircha yong‘in tufayli yuzaga kelgan zarar miqdori haqida rasmiy ma’lumot berilmagan.
Eslatib o‘tamiz, 5-avgust kuni Toshkentdagi «Qo‘yliq» dehqon bozorida yong‘in xavfsizligi talablari qo‘pol buzilgani aniqlangach, bozor faoliyati qisman cheklanib, hududning bir qismi elektr ta’minotidan uzilgan edi.