add

Tramp Eron yadroviy ob’ektlariga zarba berish ehtimolini ko‘rib chiqmoqda

18.06.2025 | 08:002943

Donald Tramp Eronga nisbatan harbiy operatsiyada qatnashish va yadroviy inshootlarga zarba berish masalasini muhokama qilmoqda. U Isroil bilan hamkorlikda harakat qilish ehtimolini inkor etmadi.

Tramp Eron yadroviy ob’ektlariga zarba berish ehtimolini ko‘rib chiqmoqda
Axios nashriga ko‘ra, AQSH prezidenti Donald Tramp Isroilning Eronga qarshi harbiy operatsiyasida AQSH ishtirokini muhokama qilmoqda. Hususan, u Eronning yadroviy ob’ektlariga, jumladan Fo‘rdu yaqinida joylashgan uran boyitish zavodiga zarba berish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Mazkur inshoot Tehrondan 160 km uzoqlikdagi Qum shahri yaqinida joylashgan. Manbalarning ta’kidlashicha, Tramp bu qarorni Isroilning 15 iyun kuni AQSHga qilgan murojaatidan so‘ng ko‘rib chiqmoqda. Isroil rasmiylari AQSHdan Eronga qaratilgan zarbalarda ishtirok etishni so‘ragan, ammo Vashington dastlab buni rad etgan edi. Avvalroq Tramp Eronning havo hududi to‘liq nazoratda ekanini ta’kidlagan va Eron qurollari Amerika texnologiyalaridan ancha orqada qolganini bildirgan. U shu bilan birga Erondan «so‘zsiz taslim bo‘lish»ni talab qilgan. Axios’ning yozishicha, AQSHdagi ba’zi rasmiylar Eronni tinchlikka majburlashning eng tez yo‘li — yadroviy dasturidan voz kechish ekanini ta’kidlamoqda. Shu paytgacha Eron yadroviy dasturini tinch maqsadlarda ekanini qayd etib kelgan, biroq G‘arb davlatlari bu bayonotlarga ishonmayapti.

Bu orada, respublikachi senator Lindsi Grehem Trampning fikriga ko‘ra, Eronning yadroviy dasturini endi diplomatik yo‘l bilan to‘xtatib bo‘lmasligi, bu xuddi «urushlarda bo‘lganidek», faqat taslim bo‘lish orqali amalga oshishi mumkinligini aytdi.

Teglar

Mavzuga oid