add

Tramp: «Eronda yana bir maxfiy yadroviy ob’ekt bo‘lishi mumkin»

30.06.2025 | 09:2044332

AQSH prezidenti Donald Tramp Eronda yadroviy qurol yaratishga xizmat qilayotgan yana bir maxfiy yadroviy ob’ekt bo‘lishi mumkinligini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu to‘rtinchi ob’ekt bo‘lib, u haqida aniq ma’lumot yo‘q.

Tramp: «Eronda yana bir maxfiy yadroviy ob’ekt bo‘lishi mumkin»
Tramp Fox News telekanaliga bergan intervyusida shunday dedi: «Biz Eronda bir nechta yadroviy ob’ektlar borligini bilardik. Uchta ob’ektdan tashqari yana bir maxfiy ob’ekt mavjudligi ehtimoli bor». Uning qayd etishicha, so‘z Natanz, Fo‘rdu va Isfahondagi ob’ektlar haqida bormoqda — bu ob’ektlarga AQSH havo kuchlari 22 iyun kuni zarba bergan edi. Tramp to‘rtinchi ob’ektning manzilini oshkor etmadi. Atom energiyasi xalqaro agentligi (AEXA) ma’lumotlariga ko‘ra, Eronda 27 ta yadroviy ob’ekt faoliyat ko‘rsatmoqda. Intervdavomida Tramp Eron yadroviy ob’ektlaridan boyitilgan uranni olib chiqib ketishga ulgurmagan bo‘lishi mumkinligini bildirdi. Uning fikricha, bu juda qiyin va xavfli jarayon hisoblanadi. Shuningdek, u zarba berilgan ob’ektlar kirish joylari hujumdan oldin beton bilan yopib qo‘yilgan bo‘lishi ehtimolini ham istisno etmadi.

Teglar

Mavzuga oid