add

Tramp Isroilni Eron bilan muzokaralar o‘tkazishga chaqirdi

AQSH prezidenti Donald Tramp Eronga harbiy operatsiya o‘tkazish bilan tahdid qilgan Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahuni diplomatik kelishuvga urg‘u berishga chaqirdi. Bu haqda Anadolu Ajansı yozmoqda.

Tramp Isroilni Eron bilan muzokaralar o‘tkazishga chaqirdi
Tramp jurnalistlar bilan suhbatda Netanyahu bilan telefon orqali muloqoti haqida gapirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, tomonlar bir qator masalalarni, jumladan, Amerika yetakchisi muzokaralarga o‘tishni taklif qilgan Eron mavzusini muhokama qilgan.
"Men unga aytdim: sen Eron bilan muzokara olib borishing kerak. Shunday qilsak yaxshi bo‘ladi. Bu, ehtimol, bugun senga taklif qilishim mumkin bo‘lgan eng yaxshi g‘oyadir. Tur va muzokaralarni boshla," deb aytgan Tramp.
Uning qayd etishicha, AQSH vayronagarchiliklar va odamlar o‘limini istisno qiladigan kelishuv tuzishga intilmoqda. "Men buni eronliklarga aytdim. Umid qilamanki, bu yo‘l ish beradi, ehtimol yo‘qligini istisno qilmayman - tez orada bilib olamiz," - deya qo‘shimcha qildi prezident. Trampning ma’lum qilishicha, payshanba kuni AQSH Eron bilan aloqa o‘rnatishni rejalashtirgan. Tramp muzokaralar haqida gapirar ekan, Eron hozircha AQSH ko‘rishni istagan pozitsiyada emasligini ta’kidladi. Tramp 7 mart kuni Fox Business Network telekanaliga bergan intervyusida Eron yetakchisi Oyatulloh Ali Xomanaiyga maktub yo‘llaganini ma’lum qildi.
"Men yozgan edim: umid qilamanki, siz muzokaralarga rozi bo‘lasiz, chunki agar harbiy aralashuvga o‘tilsa - bu dahshatli bo‘ladi," - dedi u.
Bunga javoban, 8 mart kuni so‘zlagan nutqida Xomanaiy AQSH muammolarni muloqot orqali hal qilishga intilmayotganini, faqat o‘z shartlarini o‘tkazishga va hukmronlik qilishga urinayotganini aytdi. Uning ta’kidlashicha, Eron bunday yondashuvni qabul qilmaydi. Xalqaro OAV Tehron Vashington bilan BAA vositachiligida bilvosita muzokaralar o‘tkazish imkoniyatini ko‘rib chiqayotgani haqida xabar berdi. Avvalroq AQSH va Eron o‘rtasida Ummon vositachiligida aloqalar o‘rnatilgani haqida ham xabar berilgandi.

Teglar

Mavzuga oid

Tramp Isroilni Eron bilan muzokaralar o‘tkazishga chaqirdi | Vaqt.uz