add

Tramp Kanadaning Yevropa bilan qo‘shma qurollanish rejasini tanqid ostiga oldi

29.05.2025 | 09:3032853

Kanada bosh vaziri Mark Karni mamlakatning Yevropa Ittifoqi bilan birgalikdagi 1,25 trln dollarlik qayta qurollanish dasturiga 1 iyulgacha qo‘shilishini maqsad qilganini ma’lum qildi. Bu qadam Ottavaning AQSHga bog‘liqligini kamaytirish va mudofaa sohasida mustaqillikni kuchaytirishga qaratilgan.

Tramp Kanadaning Yevropa bilan qo‘shma qurollanish rejasini tanqid ostiga oldi
Karnining ta’kidlashicha, hozirgi kunda Kanada mudofaa sarf-xarajatlarining 75 foizi AQSHga ketmoqda. U bu holatni «aqlli qaror emas» deb baholadi. Yaqin besh yillikda Yevropadagi davlatlar ushbu tashabbus doirasida umumiy 1,25 trln dollar miqdorida sarmoya kiritishni rejalashtirmoqda. Kanadaning Yevropa bilan yaqinroq harbiy hamkorlikni qo‘llab-quvvatlashi AQSH prezidenti Donald Trampning tanqidlariga sabab bo‘ldi. U o‘z bayonotida Kanadaga «Oltin gumbaz» raketaga qarshi mudofaa tizimiga qo‘shilish 61 mlrd dollarga tushishini aytdi va shuni «tekin» amalga oshirishning yagona yo‘li sifatida mamlakatni AQSHning 51-shtatiga aylanishini taklif etdi. Tramp shunday yozdi: «Agar Kanada bizga qo‘shilsa, bu ular uchun bepul bo‘ladi. Ular bu taklifni ko‘rib chiqmoqda». Bu so‘zlar Kanada mustaqil tashqi va mudofaa siyosatini olib borishga intilayotgan bir paytda aytildi. Kanada va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi ushbu yangi hamkorlik Vashington va Ottava munosabatlarida yangi sinovlar yuzaga keltirishi mumkin. Ayniqsa, Kanada AQSHning mudofaadagi texnologiya va salohiyatidan voz kechib, Yevropa bilan strategik alyanslar qurishga harakat qilayotgani AQSH siyosatchilarida xavotir uyg‘otmoqda.

Teglar

Mavzuga oid