add

Tramp Maskka Oq uyning oltin kalitini sovg‘a qildi

31.05.2025 | 11:3017823

Ilon Mask AQSHdagi maxsus davlat xizmatchisi vazifasidan ketishi munosabati bilan sobiq prezident Donald Tramp unga Oq uy ramziy oltin kalitini taqdim etdi. Bu kalit Trampning ilk prezidentlik davrida yaratilgan va faqat tanlangan shaxslarga beriladi.

Tramp Maskka Oq uyning oltin kalitini sovg‘a qildi
30 may kuni Ilon Mask AQSHdagi rasmiy davlat xizmatidan rasman ketdi. Uning «hukumat samaradorligini oshirish departamenti» (DOGE)dagi 130 kunlik faoliyati yakunlandi. Bu munosabat bilan Donald Tramp unga Oq uyning ramziy oltin kalitini topshirdi. Tramp kalitni topshirish marosimida Maskni AQSH nomidan taqdirlanayotgan «o‘ta maxsus shaxs» sifatida ta’rifladi. U bu kalitni avvalroq faqat Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyahu kabi yetakchilarga taqdim etgan. Kalit aniq funksiyaga ega emas, u shunchaki e’tirof ramzi sifatida beriladi. «Rahmat, Ilon. Sen faqat davlat uchun emas, balki kelajak uchun ham mehnat qilding», — dedi Tramp marosimda. Shu bilan birga, u Maskni «jahon tarixidagi eng buyuk biznes yetakchilaridan biri» sifatida ta’rifladi. Mask o‘z navbatida siyosiy sahnadan ketsa-da, kerak bo‘lganda maslahat berishni davom ettirishini ma’lum qildi. Tramp esa uni «ishonchli do‘st va maslahatchi» sifatida ko‘rishda davom etishini aytdi. Mask davlat xizmatidan ketgandan so‘ng o‘z biznes loyihalariga to‘liq e’tibor qaratishi rejalashtirilmoqda.  

Teglar

Mavzuga oid

Tramp Maskka Oq uyning oltin kalitini sovg‘a qildi | Vaqt.uz