add

Tramp va oilasi bir kunda rekord darajada boyib ketdi

02.09.2025 | 23:309363

«The Wall Street Journal» ma’lumotlariga ko‘ra, bu savdo debyuti AQSH prezidenti oilasining inauguratsiyadan beri erishgan eng yirik moliyaviy yutuqlaridan biri bo‘lishi mumkin.

Tramp va oilasi bir kunda rekord darajada boyib ketdi
Kecha, 1 sentyabr kuni kriptovalyuta birjalarida Donald Tramp oilasi tomonidan chiqarilgan navbatdagi kriptovalyuta - WLFI tokeni savdoga qo‘yildi. The Wall Street Journal xabar berishicha, savdoning birinchi kunida token narxi o‘zining eng yuqori qiymatidan uchdan bir qismdan ko‘proqqa tushib ketganiga qaramay, Tramplar oilasining boyligi bir kunda 5 milliard dollardan ziyodga ko‘paygan. Bu Trampga tegishli bo‘lgan barcha ko‘chmas mulklarning umumiy qiymatidan ancha yuqori. $WLFI tokeni 2024 yil oktyabr oyida Donald Tramp va uning o‘g‘illari Erik hamda kichik Donald Trampga tegishli bo‘lgan World Liberty Financial nomli markazlashmagan platforma tomonidan muomalaga chiqarilgan. Bozordagi barcha tokenlarni sotishdan olingan daromadning 75 foizi to‘g‘ridan-to‘g‘ri Tramp oilasiga tegishli bo‘ladi. Token birjaga chiqarilishidan oldinroq investorlar 750 million dollarlik World Liberty tokenlarini xarid qilishdi. Natijada, AQSH prezidenti oilasi o‘sha paytning o‘zidayoq ushbu loyihadan taxminan 500 million dollar daromad olishga erishgan. Oilaga bozor qiymati hozirda 5 milliard dollardan oshiq bo‘lgan 22,5 milliard WLFI tokenlari tegishli. Donald Trampning butun faoliyati davomida asosiy biznes sohasi ko‘chmas mulk bo‘lib kelgan. Trump Organization Nyu-Yorkdagi ramziy Trump Tower osmono‘par binosi, Mar-a-Lagodagi qasr, Trump Park Avenue’dagi hashamatli kvartiralar, Trump Towyer’ga tutash savdo markazi binosi va Seven Springs mulkiga egalik qiladi. Ularning umumiy baholangan qiymati joriy yil boshida taxminan 1,6 milliard dollarni tashkil etgan.

Teglar

Mavzuga oid