add

Trener-o‘qituvchilarga malaka toifalarini berish tartibi belgilandi

O‘zbekistonda jismoniy tarbiya-sport sohasi mutaxassislari uchun malaka toifalarini berish tizimi yangilandi.

Trener-o‘qituvchilarga malaka toifalarini berish tartibi belgilandi
2025 yil 7 avgustda Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan 500-sonli qarorga asosan, jismoniy tarbiya va sport tashkilotlari trener-o‘qituvchilari hamda yo‘riqchi-uslubchilari uchun malaka toifalarini berish tartibi tasdiqlandi. Nizomga ko‘ra, davlat xizmati “ERP sport” tizimi orqali Sport vazirligi tomonidan ko‘rsatiladi. Davlat xizmati ko‘rsatilgani uchun BHMning 1 baravari miqdorida to‘lov undiriladi. Trener-o‘qituvchilar va yo‘riqchi-uslubchilarga ikkinchi, birinchi va oliy malaka toifalari beriladi. «ERP sport» tizimida ma’lumotlar to‘liq shakllangandan so‘ng 1 ish kunida QR-kod qo‘yilgan holda elektron shaklda malaka toifasi to‘g‘risida guvohnoma rasmiylashtiriladi. Bu haqida avtomatik tarzda trener-o‘qituvchilar va yo‘riqchi-uslubchilarga «Elektron hukumat”» tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali SMS-xabarnoma yuboriladi. Malaka toifasi 4 yil muddatga beriladi.

Teglar

Mavzuga oid