add

Tug‘ilishlardagi eng katta ulush 25–39 yoshli ayollarga to‘g‘ri kelmoqda

10.08.2025 | 13:008932

O‘zbekistonda joriy yilning birinchi yarmida 405,5 ming chaqaloq tug‘ilgani qayd etilgan.

Tug‘ilishlardagi eng katta ulush 25–39 yoshli ayollarga to‘g‘ri kelmoqda
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, 2025 yil yanvar-iyun oylarida respublika bo‘yicha FHDYO organlarida 405 508 ta tirik tug‘ilish ro‘yxatga olingan. Otalar yosh guruhlariga ko‘ra quyidagicha taqsimlangan: 25 yoshgacha bo‘lganlar – 10,4 foiz, 25–39 yoshdagilar – 82,1 foiz, 40 yosh va undan kattalar – 7,5 foiz. Onalar yosh guruhlari bo‘yicha esa 25 yoshgacha bo‘lganlar ulushi 38,6 foizni, 25–39 yoshdagilar 59,9 foizni, 40 yosh va undan kattalar 1,5 foizni tashkil etdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, tug‘ilishlar soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 14,4 mingga kamaygan. Mutasaddilar bu o‘zgarish sabablarini ochiqlamagan.

Teglar

Mavzuga oid