add

Turkiya harbiy kemalari G‘azoga yo‘l oldi

Bu Turkiyaning G‘azoda amalga oshirilayotgan gumanitar tashabbusga nafaqat moddiy, balki siyosiy va harbiy qo‘llab-quvvatlash ko‘rsatishga tayyorligini anglatadi.

Turkiya harbiy kemalari G‘azoga yo‘l oldi
Turkiya harbiy-dengiz kuchlari fregatlari G‘azodan bir necha kunlik masofada joylashgan Global Sumud gumanitar flotiliyasini kuzatib borishni boshladi. Tashkilotchilarning ma’lum qilishicha, Turkiya harbiy kemalari ular bilan bog‘lanib, ehtiyojlarni aniqlashtirgan va qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirgan. Avvalroq Italiya va Ispaniya ham flotiliyani himoya qilish maqsadida o‘z harbiy kemalarini jo‘natgan edi. So‘nggi kunlarda gumanitar missiya yo‘nalishi ustida Chorlu harbiy aerodromi tomonidan uchirilgan turk uchuvchisiz apparatlari kuzatilmoqda. Ular uch sutka davomida kemalar ustida aylanib parvoz qilmoqda. Global Sumud flotiliyasining maqsadi – G‘azodagi og‘ir gumanitar inqirozni yengillashtirish va xalqaro hamjamiyat e’tiborini blokada oqibatlariga qaratish hisoblanadi.

Teglar

Mavzuga oid