add

Turkiya o‘zbekistonliklar uchun elektron ish vizalarini joriy etishi mumkin

Turkiyaga boshqa turdagi vizalar asosida kirgan O‘zbekiston fuqarolari mamlakatdan chiqmasdan turib mehnat ruxsatnomasini olish imkoniyatiga ega bo‘lishlari mumkin.

Turkiya o‘zbekistonliklar uchun elektron ish vizalarini joriy etishi mumkin

Turkiya delegatsiyasining fuqarolari uchun elektron ish vizalarini joriy etish imkoniyatlarini ko‘rib chiqadi, deb xabar berdi «Dunyo» axborot agentligi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston delegatsiyasining Anqaraga amaliy tashrifi doirasida 27 oktabr kuni Turkiya Ichki ishlar vazirligida uchrashuv bo‘lib o‘tgan.

Uchrashuv davomida turk tomoni O‘zbekiston fuqarolariga Turkiyaga boshqa turdagi vizalar asosida kirgan holda mamlakatdan chiqmasdan turib mehnat ruxsatnomasini olish imkoniyatini taqdim etish masalasini o‘rganib chiqishini ma’lum qilgan.

Shuningdek, O‘zbekiston fuqarolari uchun elektron mehnat vizalarini joriy etish masalasini ko‘rib chiqishga tayyorligini bildirgan.

Eslatib o‘tamiz avvalroq, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on turk millatiga mansub boshqa davlat fuqarolariga ishlash va tadbirkorlik bilan shug‘ullanishni osonlashtiruvchi farmonni imzolagani haqida xabar bergan edik.

Teglar

Mavzuga oid

Turkiya o‘zbekistonliklar uchun elektron ish vizalarini joriy etishi mumkin | Vaqt.uz