add

Turkiya vitse-prezidenti Isroilning «Madlen» kemasiga bosqinini qoraladi

Turkiya vitse-prezidenti Jevdet Yilmaz xalqaro suvlarda Isroil tomonidan gumanitar yuk tashuvchi «Madlen» kemasining ushlanishini keskin qoraladi. U bu harakatni insonparvarlik qonunlariga zid deb baholadi va jahon hamjamiyatini javob choralari ko‘rishga chaqirdi.

Turkiya vitse-prezidenti Isroilning «Madlen» kemasiga bosqinini qoraladi
Yilmaz o‘z bayonotida Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu boshchiligidagi ma’muriyatni insoniy qadriyatlar va xalqaro qonunlarni inkor etishda aybladi. Unga ko‘ra G‘azoga yordam yetkazilishining oldini olish yangi jinoyatlar ro‘yxatiga qo‘shiladi. Vitse-prezident xalqaro hamjamiyatni Isroilga munosib siyosiy bosim o‘tkazishga chaqirdi va urushni to‘xtatish, gumanitar yordam yetkazilishini ta’minlash, shuningdek, ikki davlatli barqaror yechimni amalga oshirishga doir aniq qadamlar kutilayotganini ta’kidladi. Yilmaz Turkiyaning falastinliklarni har jabhada qo‘llab-quvvatlashda davom etishini ma’lum qildi. Uning fikricha, insoniy qadriyatlarni himoya qiluvchi xalqlar tarixiy sabr va qarshilik tufayli g‘alaba qozonishadi.
«Isroilning zulm va genotsid siyosatlari insoniyat ittifoqi oldida barbod bo‘ladi», — dedi Jevdet Yilmaz.

Teglar

Mavzuga oid

Turkiya vitse-prezidenti Isroilning «Madlen» kemasiga bosqinini qoraladi | Vaqt.uz