add

Ukraina dronlari «Gazprom» va «Lukoyl» korxonalariga hujum qildi

18.09.2025 | 23:0027142

Rossiyaning eng yirik neft-kimyo majmualaridan birida dronlar hujumidan so‘ng yong‘in boshlangan.

Ukraina dronlari «Gazprom» va «Lukoyl» korxonalariga hujum qildi
Boshqirdiston hokimiyati 18 sentyabr kuni ertalab Rossiyaning eng yirik neft-kimyo majmualaridan biri bo‘lgan «Gazprom neftexim Salavat» korxonasiga dronlar hujumidan so‘ng yong‘in boshlangani haqida xabar berdi. 2024 yil may oyida ushbu korxonaga allaqachon dronlar hujum qilgan edi. Respublika rahbari Radiy Xabirov hozirgi hujumni «terrorchilik» deb baholadi. Uning aytishicha, zarba oqibatida halok bo‘lganlar va jabrlanganlar yo‘q. Korxona qo‘riqchilari dronlarni mustaqil ravishda urib tushirishga uringan - buni qanday amalga oshirgani aniq emas. Xabirov tafsilotlarni «biroz keyinroq» ma’lum qilishni va’da berdi. Ukrainaning Exilenova+ Telegram-kanali ma’lumotlariga ko‘ra, Salavat shahridagi korxonada neftni dastlabki qayta ishlash qurilmasi zararlangan. Kanal shahardan olingani ta’kidlangan bir nechta surat va videolarni e’lon qildi. «RBK-Ukraina» nashrining Ukraina Xavfsizlik Xizmatidagi manbasi Boshqirdistondagi neft-kimyo zavodiga ushbu idora dronlari hujum qilganini ma’lum qildi.

Teglar

Mavzuga oid