add

Ukraina Volgograddagi aerodromda Rossiyaning to‘rtta Su-34 samolyotini yo‘q qildi

28.06.2025 | 09:002492

Ukraina Qurolli Kuchlari maxsus operatsiya doirasida Rossiyaning Volgograd oblastidagi «Marinovka» aerodromiga aniq zarba berib, to‘rtta Su-34 samolyotidan ikkitasini yo‘q qildi va yana ikkitasini sezilarli shikastladi.

Ukraina Volgograddagi aerodromda Rossiyaning to‘rtta Su-34 samolyotini yo‘q qildi
Bu haqda Ukraina Xavfsizlik xizmati va Qurolli kuchlar Bosh shtabi ma’lum qildi. Ma’lumot Rossiya tomonidan tasdiqlanmagan. RBK-Ukraina nashrining yozishicha, Ukraina xavfsizlik xizmati (SBU) va Ukraina Qurolli kuchlari maxsus operatsiya kuchlari birgalikda amalga oshirgan zarba orqali dushmanning frontda bombardimon uchun faol qo‘llanayotgan ko‘p funksiyali Su-34 qiruvchi-bombardimonchilaridan ikkisi butunlay yo‘q qilindi. Qolgan ikkisi esa ishdan chiqarilgan. Hujumda uzoq masofali dronlardan foydalanildi. Zarba natijasida aerodromning texnik-ekspluatatsiya qismida yong‘in kelib chiqdi. Bu hududda Rossiya samolyotlari parvozlarga tayyorlanadi, texnik xizmat ko‘rsatiladi va ta’mirlanadi. SBU ma’lumotlariga ko‘ra, bu ob’ekt Rossiyaning harbiy infratuzilmasida juda muhim sanaladi. UQK Bosh shtabining ma’lum qilishicha, zarba 27 iyun kuni kechasi amalga oshirilgan. Bu operatsiya Rossiya aviatsiyasining Ukraina shaharlariga yopirilma hujumlariga javob sifatida ko‘rilmoqda. Ukraina Qurolli Kuchlari dushmanga yirik yo‘qotishlar yetkazishda davom etmoqda.

Teglar

Mavzuga oid