add

Ukrainada 49 ming erkak mamlakatdan qochishga uringan

Rossiya bosqinidan so‘ng Ukrainada harbiy xizmatga chaqiriladigan erkaklar uchun chet elga chiqish cheklangan. Shu paytgacha 49 mingdan ziyod erkak noqonuniy tarzda mamlakatni tark etishga urinib, chegarada to‘xtatilgan.

Ukrainada 49 ming erkak mamlakatdan qochishga uringan
Ukraina Davlat chegara xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatni tark etishga urinib to‘xtatilgan erkaklar soni 49 ming nafardan oshdi. Ulardan 45 ming nafari chegarani yashirin yo‘llar, jumladan, o‘rmonzor va tog‘li hududlar orqali buzib o‘tishga uringan. Yana qariyb 4 ming kishi esa soxta hujjatlar yoki boshqa noqonuniy usullardan foydalangan. Chegara xizmati vakili Andrey Demchenkoning ta’kidlashicha, ushbu noqonuniy chiqishlarga yordam bergan 900 ga yaqin jinoyat guruhi fosh etilgan. Ularning har biri «xizmat» uchun 4500 yevrodan 11 ming yevrogacha haq olgan. Shu bilan birga, Yevropa Ittifoqi davlatlarida hozirda 800 mingdan ziyod ukrainalik erkak vaqtincha himoya maqomiga ega. Bu esa qonuniy chiqish imkoniyatlari yetishmasligi masalasini yanada dolzarblashtirmoqda. Eslatib o‘tamiz, Ukraina Rossiyaning 2022 yildagi keng ko‘lamli harbiy tajovuzidan so‘ng 18 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan erkaklarga mamlakatni tark etishni taqiqlagan. Bu harbiy safarbarlik talablarini ta’minlash maqsadida amalga oshirilgan.

Teglar

Mavzuga oid