add

Ukrainada dronlarni yo‘q qilish uchun maxsus patronlar ishlab chiqildi

Ukrainada dronlarni yo‘q qilish uchun maxsus patronlar ishlab chiqildi. Ushbu patronlar maxsus jangovar qismi bilan jihozlangan bo‘lib, askarlar uchun havodagi harakatlanuvchi nishonlarni aniq yo‘q qilish imkoniyatini oshiradi.

Ukrainada dronlarni yo‘q qilish uchun maxsus patronlar ishlab chiqildi
Yangi patron haqida Ukraina bosh vaziri o‘rinbosari va raqamli transformatsiya vaziri Mixail Fyodorov ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, patronlar tashqi ko‘rinishi bilan oddiy o‘q-dorilarga o‘xshaydi, biroq ularning ichidagi maxsus jangovar qismi FPV-dronlar yoki «Mavik» kabi dronlarni samarali yo‘q qilish imkonini beradi. Fyodorovning ta’kidlashicha, ishlab chiqaruvchi Brave1 mudofaa klasteri ushbu patronlarni NATO standartlari bo‘yicha kodifikatsiya qilib bo‘lgan. Bu esa yangi mahsulot xalqaro standartlarga to‘liq mos kelishi va Ukrainaning NATO bilan hamkorlikdagi mudofaa salohiyatini oshirishini anglatadi. Vazirning aytishicha, maqsad har bir piyoda askarini shunday patronlar bilan ta’minlash va havodan xavf paydo bo‘lgan taqdirda avtomatni maxsus o‘q-dorilar bilan tezkor jihozlash imkoniyatini yaratishdan iborat. Brave1 mudofaa klasteri esa Ukrainadagi yangi mudofaa texnologiyalari va innovatsion qurol-yarog‘ ishlab chiqishda faol ishtirok etib, dronlar va ularga qarshi kurash vositalari sohasida ham jiddiy ish olib bormoqda.

Teglar

Mavzuga oid

undefined | Vaqt.uz