add

UzAutoMotors «Cobalt Midnight»ning qimmat narxda sotilayotganini rad etdi

23.05.2025 | 15:3047272

UzAutoMotors «Cobalt Midnight» avtomobilining ayrim avtosalonlarda 167 million so‘mdan sotilayotgani va bu holat avtomobilni navbatsiz xarid qilish imkonini berishi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.

UzAutoMotors «Cobalt Midnight»ning qimmat narxda sotilayotganini rad etdi
UzAutoMotors matbuot xizmatiga ko‘ra, dilerlik markazlari avtomobillar narxini mustaqil ravishda belgilash huquqiga ega emas. Barcha sotuvlar faqat kompaniya tomonidan belgilangan rasmiy narxlar asosida amalga oshirilishi shart. Kompaniya dilerlarning faoliyatini doimiy monitoring qilib boradi. Agar belgilangan rasmiy narxdan yuqori bahoda sotish holatlari aniqlansa, bunday holatlar dilerlik shartnomasini buzish sifatida baholanadi va tegishli choralar ko‘riladi.
«Hozirgi vaqtda UzAutoMotors «Cobalt Midnight» AT avtomobili 167 million so‘mdan sotilgan holatlarni qayd etmagan», deyiladi kompaniya bayonotida.
Kompaniya qo‘shimcha qilishiga ko‘ra, agar mijoz iltimosiga binoan avtomobil maxsus jihozlar (gaz balloni, chexol, masofadan boshqaruvchi kalit va boshqalar) bilan to‘ldirilsa, bu xizmatlar uchun alohida to‘lov amalga oshiriladi va narx oshishi shu bilan izohlanadi. Ma’lumot uchun, 2024 yil oktyabrida UzAutoMotors «Chevrolet Cobalt» avtomobilining «Midnight» deb nomlangan yangi modifikatsiyasini ishlab chiqarishni boshlaganini ma’lum qilgandi. Yangilangan model tashqi ko‘rinishidagi dizayn elementlari bilan farq qiladi.

Teglar

Mavzuga oid