add

Vladimir Putin: «Tomohawk» eskirgan va kuchli qurol bo‘lsa-da, uni urib tushiramiz»

03.10.2025 | 08:4318063

Vladimir Putin «Valday» klubi majlisida AQSH Ukrainaga bermoqchi bo‘layotgan «Tomohawk» qanotli raketalari zamonaviy emasligi, ammo ular baribir jiddiy tahdid ekanini qayd etdi.

Vladimir Putin: «Tomohawk» eskirgan va kuchli qurol bo‘lsa-da, uni urib tushiramiz»
Rossiya prezidenti Vladimir Putin «Valday» xalqaro muloqot klubining XXII yillik yig‘ilishida AQSHning «Tomohawk» turkumidagi uzoq masofaga uchadigan qanotli raketalari haqida fikr bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu qurol zamonaviy emas, ammo hali ham yetarlicha kuchga ega.
«Bundan avval ham ATACMS raketalari berilgan edi. Ular ma’lum darajada zarar yetkazdi, ammo Rossiyaning havo himoya tizimi unga moslashdi. «Tomohawk» ham zarar yetkazishi mumkinmi? Albatta, lekin biz ularni urib tushiramiz, boz ustiga, o‘zimizdagi havo hujumidan himoya tizimini yanada takomillashtiramiz», — dedi Putin.
U shuningdek, bu raketalarning Ukrainaga yetkazilishi Moskva va Vashington munosabatlariga jiddiy zarba berishi mumkinligini ta’kidladi. Putinga ko‘ra, «Tomohawk»dan foydalanishda amerikalik mutaxassislar ishtirokisiz harakat qilish deyarli imkonsiz. Shu bilan birga, Rossiya rahbari hatto Ukrainaga «Tomohawk» yetkazib berilsa ham, u frontdagi vaziyatni endi o‘zgartirolmasligini qo‘shimcha qildi. Eslatib o‘tamiz, Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy yaqinda Donald Tramp bilan yopiq uchrashuvda Kiyevga «Tomohawk» qanotli raketalarini berishni so‘ragan edi. The Telegraph manbalariga ko‘ra, Ukraina bu qurol Moskvaga bosim o‘tkazib, Putinni muzokaralar stoliga o‘tqazishga yordam beradi, deb hisoblamoqda. Avvalroq Vladimir Putin AQSH prezidenti Donald Trampning Rossiyani «qog‘oz yo‘lbars» degan masxaraomuz so‘zlariga javob qaytarib, NATOni sinovdan o‘tkazishga chaqirgani haqida xabar bergan edik.

Teglar

Mavzuga oid